@dilshodismoilblog · Post #33 · 21.09.2024, 06:45
“Oʻzbek tili marketing uchun moslashishi kerak emas, marketing oʻzbek tiliga moslashishi kerak”. Menga doim “Nega aynan rus tilini tanqid qilasiz, yoqtirmaysiz?” degan gaplar uchib kelib turadi. Yaqinda Fridrich Ebert jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan yoshlar bilan mahorat darsimda shu savolga javob bergandim. Boshqa tillar bizga geosiyosiy yoki passiv bosim uchun qurol sifatida ishlatilmaydi, aholini ijtimoiy qatlamlantirmaydi yoki ularni majburan oʻrganishimiz taqozosi yoʻq. Afsuski, koʻplab sohalarda hamon shu tilda e’lonlarni xatolar bilan yozishga, gapirishga, tilimizni burashga chiranamiz. Vaholanki, 90% dan koʻproq aholi oʻzbek tilida gapiradi, tushunadi. Shu masalalarga ham podkastda oydinlik kiritganmiz. → Hali tomosha qilmagan boʻlsangiz, marhamat, havola shu yerda: https://youtu.be/Kg5InmUMzvg → Tomoshadan keyin orzudagi O‘zbekistonning slogani 3 so‘z bilan lo‘nda ifodalab berilgan ikki izoh muallifiga sovg‘am bor. #MarketingvaPR#SigmaPodcast @mirzo_zominiy
Hashtags