TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Zamin Foundation
Zamin Foundation avatar

TGINSIGHT POST

Post #663

@zaminfoundation

Zamin Foundation

Просмотры2,210Количество просмотров
Опубликован3 мар.03.03.2023, 14:00
Содержимое поста

Содержимое

"Zamin" fondi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar eshitish qobiliyatining universal skriningini joriy etish» loyihasi doirasida eshitish qobiliyatini monitoring va tahlil qilish mexanizmi ishlab chiqilgan va bu tizim Toshkent tibbiyot muassasalarida yo‘lga qo‘yilgan. 2020 yildan buyon 19 ta tug‘ruq muassasalarida barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar eshitish qobiliyatining skriningidan o‘tkazilmoqda. Loyiha doirasida butun respublika bo‘ylab 227 ta tug‘ruq muassasalarini qamrab olish rejalashtirilgan. Barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ko‘rikdan o‘tkazilib, eshitish patologiyalari aniqlanganda ota-onalarga keyinchalik tekshiruvdan o‘tish va nazorat ostida bo‘lish tavsiya qilinadi. 700 nafarga yaqin tibbiyot xodimlari audiologik skrining uchun uskunalarni qo‘llashga o‘qitiladi. Loyiha respublika bo‘ylab treking va axborot to‘plash yagona tizimini joriy qilish, skrining sifatini nazorat qilish uchun hujjatlar tizimini yaratish ko‘zda tutilgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni eshitish qobiliyatining skriningidan o‘tkazish – barvaqt diagnostikaning muhim usuli bo‘lib, bolada eshitish qobiliyati buzilishining oqibatlarini kamaytirish imkonini beradi. Barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar hayotining ilk kunlaridanoq ushbu muolajadan o‘tishlari zarur. #who #worldhearingday Zamin | Facebook | Instagram