TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← Biznes & Tadbirkorlik
Biznes & Tadbirkorlik avatar

TGINSIGHT POST

Post #357

@TheDailyuz

Biznes & Tadbirkorlik

Ibireba1,200Umubare w'ibireba
Yoherejwe28 Wer.2022-03-28 16:24
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

​Online savdo: afzallik va kamchiliklari 📱 Hozirgi kunda hammaning qo‘lida telefon: 7 yoshdan 70 yoshgacha kimning qo‘liga qarasangiz "aqlli smartfon" larga ko‘zingiz tushadi. Bu har qanday tadbirkor yoki biznesmenlar uchun o'z savdosini online yo'lga qo‘yish va uni rivojlantirishda ajoyib imkoniyat demak! 🤔Xo‘sh, savdoni online bo‘lishi sizning qaysi "og'iringizni yengil" qilishi mumkin? Afzalliklari: - Agar siz o'z biznesingiz yoki tadbirkorligingizni offline shaklda yo‘lga qo‘ymoqchi bo'lib turgan bo‘lsangiz, ammo joy masalasi, mablag‘ masalasi o‘ylantirayotgan bo‘lsa, unda savdongizni online shaklda boshlash tavakkalchilik ehtimolini ancha kamaytiradi; - Agar online shaklda savdo-sotiq boshlasangiz sizning biznesingiz chegara tanlamaydi (shahar, tuman, viloyat, butun respublika bo‘yicha mijozlar oqimi) ; - 24/7 soat davomida mahsulotni sotish; - Eng muhimi, bunda ko‘p xodimlarni ishga yollash shartemas. Kamchiliklari: - Hozirda online savdo-sotiq qiluvchi kompaniya va biznesmenlar ko‘p. Ular bilan raqobatbardoshlikda kuchli bo‘lishingizgga to‘g'ri keladi; - Xodimlar mijozlarning ehtiyojlarini va nima xohlashayotganlarini,murojaatlarini erinmasdan tinglab xushmuomalalik bilan javob berishlari kerak. Aks holda, to‘g'ri qilinmaganmuomala mijozni yo'qotishga olib keladi; - Savdo faoliyatingiz davomida chegirmalar, aksiyalar uyushtirib turishingiz lozim; - Xaridorlarga taqdim etayotgan mahsulotingiz yoki ko‘rsatayotgan servisingiz sifati juda yuqori bo‘lishi lozim. Yo‘qsa, mijozning e'tiborini osonlikcha jalb qila olmaysiz. 😊Biz bilganimiz qadar sanab o‘tdik, xo‘sh sizning fikringiz bu masalada qanday? Online savdoning yana qanday afzallik va kamchilik jihatlarini bilasiz? @Biznes_Zamon - #SMM