TGINSIGHT CHAT
Biznes & Tadbirkorlik
@TheDailyuz
Ubucuruzi n'Iterambere• O'z shaxsiy tajriba va bilimlarimni ushbu sahifada sizlab bilan bo'ishib boraman. — Xususiy Biznes va Tadbirkorlik — Biznesni tizimlashtirish — Biznes reja va g'oyalar Hamkorlik va aloqa uchun: @Mr_Gulomkodirov
Ubutumwa bw'ubu
Uk. 1 kuri 22 · ubutumwa 258
Yoherejwe 26 Ukw.
Rahbarning vazifasi – ishlash emas, o‘ylash. Chunki fikr – biznesdagi eng qimmat aktiv. Kozimxon Turaev
⚡️Kompaniyangizda tizim qurish uchun qadamlar - Ishlarni ketma-ketlikda bajarish muhim, bir vaqtning o'zida barcha jarayonlarni qo'l urish ishlarning bajarilmay qolishiga olib keladi. - Muvaffaqiyatga erishish kichik amallarni bardavom qilishdan boshlanadi. - Biznes rahbar aralashuvisiz stabil ishlashni davom ettirishi uchun, ishxonada Standart Operatsion Proseduralar (SOP), ichki tartib qoidalari va lavozim yo'riqnomalari tuzib ularni amalga oshirishni to'liq yo'lga qo'yish kerak. - Tizim odamlarni boshqarsin, siz tizimni boshqaring! #Tizimlashtirish
Hashtags
⚡️Biznes gʻoya: kichik mablagʻ evaziga tovuq fermasini tashkil etish Tovuq — bu gʻayrioddiy parranda, har bir kishi undan tuxum va goʻsht orqali daromad olishi mumkin. Bu yoʻnalishni boshlash uchun sizga chuqur bilim, maxsus texnika va katta pul kerak emas. Xarajat va foyda Zotli parrandalarga dastlabki sarmoyalar $450 boshlanadi. Mahsulotlarga barqaror talab bilan oylik foyda $280 tashkil qilishi mumkin. Sarf qilingan mablagʻlarni qoplash muddati 1,5 oyni tashkil etadi. Boshlangʻich xarajatlar: — Uskunalar $150; — Parrandalarni sotib olish $200; — Boshqa xarajatlar $100. Oylik xarajatlar: — Oziq-ovqat $100. — Vitaminli qoʻshimchalar $30; — Boshqa xarajatlar $40; — Transport xarajatlari $40. Hujjat ishlari Ishlab chiqarish hajmining oshishi bilan siz biznesni roʻyxatdan oʻtkazishingiz kerak. Lekin, xaridorga molingizni olib borishdan oldin laboratoriya hujjatlarini olishingiz talab etiladi. Mavzuga doir: — Qahvaxona ochish biznesi #Biznesreja
Hashtags
Yoherejwe 19 Ukw.
Channel name was changed to «Biznes & Tadbirkorlik»
Muvaffaqiyatsiz odamning boshqalardan farqi kuch yetishmasligi, bilim yetishmasligida emas, aksincha iroda yetishmasligidadir. ©Vins Lombardi • Eng katta kuch bu - o'ziga bo'lgan ishonchdir. • Bunday kuch sohibini to'fon ham to'xtata olmas. Maqsad: Muvaffaqiyatli bo'lish uchun irodali bo'ling va o'z kuchingizga ishoning! #motivation
Hashtags
Muvaffaqiyatli insonlar boshqalarga qaraganda qiladigan 5 noodatiy ishi. – Ilm uchun pul ayashmaydi. Foydali va o'ziga kerakli barcha ilmlarni o'rganishdan chekinishmaydi. – Bir yilda o'rtacha 50-70 tagacha kitob o'qishadi(Forbes statistikasi bo'yicha). – Har kuni to'g'ri ovqatlanishga odatlanishadi. Bu esa kun davomida "энергичный" yurishini ta'minlaydi. – To'g'ri vaqtda uxlashadi va sog'lom hayotga amal qilishadi. – O'z ishini mutaxassisi bo'lmaguncha sohasida o'zini yuksaltiradi. – Pullarini hattoki u milliardlab bo'lsa ham bekorga sarflashmaydi. #Foydali
Hashtags
Biznesda qilinadigan top 10 xatolar: 1. Biznes reja qilmaslik. 2. O'z sevgan ishingizni qilmaslik. 3. Bozorni, talabni o'rganib chiqmasdan turib biznes boshlash. 4. Raqobatni e'tiborsiz qoldirish. 5. O'zingizning kuchli va zaif tomonlaringizni hisobga olmaslik. 6. Aslida nima sotayotganingizni anglamaslik (u yaxshilikka xizmat qiladimi yoki yo'q) . 7. Pulingiz yetarli ekanligiga ishonch hosil qilmaslik. 8. Marketingga sarmoya kiritmaslik. 9. Hech qanday onlayn servisni tashkil qilmaslik. 10. Ishchi ishlatmaslik yoxud hamma narsani o'zingiz qilishga urinishingiz. #Foydali
Hashtags
Ishga Fokus qaratish qanchalikmuhim? Bitta ishga fokus qaratish va o'z ustingizda shu sohada rivojlanish, sizni shu ishning mutaxassisi va sohangizning yetuk lideri bo'lishingizga olib keladi. Ba'zi tadbirkorlar bir sohada muvaffaqiyatga erishib, yaxshi daromad qilishni boshlagandan so'ng yangi bizneslarga asos solishadi. Oqibatda, barcha ishlar chala va rivojlanmay qolaveradi. Yangi bizneslarga va sohalarga kirishdan oldin, birinchi sohangizni yetuk mutaxassisi bo'lib, tizimlashtiring, so'ngra biznes siz aralashmasangiz ham rivojlanishda davom etsa, yangi sohaga kiritishgiz afzal. Ishga fokus qaratilmasa, uning samarasi pasayib barbod bo'lishi ehtimoli yuqori. Jangda 10ming xil usulda urusha oladigan raqibdan ko'ra, bir usulda 10ming marotaba ishlagan jangchidan qo'rqish kerak. #fokus
Hashtags
Xato qilishga qo'rqmang! Xatolardan dars oling. Muvaffaqiyatli tarbirkorlar risk qilishdan qo'rqishmaydi. Xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib, yana o'sishda davom etishadi. Xato qilishdan qo'rqadigan inson, yangi ishlarni amalga oshirishdan yiroqda bo'ladi, natijada ishida va sohasida o'sish bo'lmaydi, oqim bo'ylab bir xil suzib ketgan kabi. #Risk#Xatolar
Yangi odat shakllantirish Biror yangi odatni shakllantirish uchun, shu odatga yaqinlashtiradigan ishlarni amalga oshiring. - Masalan, doimiy kitob o'qishni odat qilmoqchisiz. O'zizga qiziqarli bo'gan kitobni ish stoliz yoki yotog'iz oldiga qo'yishdan boshlang. Kitobni ko'rganizda sizda kitob o'qish hisi paydo bo'ladi. O'qishni boshlaganda birdan 10 bet emas, 1 betdan boshlang va har kuni uni oshirib borish mumkin. Birdan ko'p o'qish sizni zeriktirib qo'yadi va keyinchalik sizda kitob o'qish xohishi yo'qoladi. - Ertalab vaqtli uyg'onish uchun birdan siz xohlagan vaqtda emas, har kuni 1-5 daqiqa vaqtli turish orqali o'zizni ko'niktiring. #odat
Hashtags
Kompaniyangizda tizim qurish uchun - Ishlarni ketma-ketlikda bajarish muhim, bir vaqtning o'zida barcha jarayonlarni qo'l urish ishlarning bajarilmay qolishiga olib keladi. - Muvaffaqiyatga erishish kichik amallarni bardavom qilishdan boshlanadi. - Tizim odamlarni boshqarsin, siz tizimni boshqaring! (Kozimxon To'rayev treningidan) #Tizimlashtirish
Hashtags
#Qiziqarli Yaponiyada xodimlarga jarima qo'llanilmas ekan. Ular xato qilishganida kamchilik xodimdan emas, kompaniya tizimidan qidiriladi va to'g'irlanadi. Shu sababli Yapon xodimlarida xato kamchiliklar juda kam sodir bo'ladi.
Hashtags