TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← Biznes & Tadbirkorlik
Biznes & Tadbirkorlik avatar

TGINSIGHT POST

Post #403

@TheDailyuz

Biznes & Tadbirkorlik

Ibireba1,450Umubare w'ibireba
Yoherejwe20 Mat.2022-04-20 16:11
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

​O‘qishga kirish ko‘rsatkichi yuqori bo'lgan hududlar 2021 yilda talaba bo‘lgan abituriyentlar soni bo‘yicha kanalimizda maʼlumot bergan edik. Lekin aytganimizdek, bu umumiy abituriyentlarning soni ko‘pligi bilan bog‘liq edi. Yaʼni aholisi ko‘p hududdan ko‘proq talaba chiqqan, bu tabiiy hol. Foizga nisbatan olsak, reyting umuman boshqacha chiqadi. Bunday reytingda Buxoro viloyati yaqqol ustunlik qilmoqda. Mazkur viloyat abituriyentlarining 26,8%i talaba bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda Navoiy (24,6%) hamda Farg‘ona (23,4%) viloyatlari egallagan. O‘qishga kirish ko‘rsatgichi bo‘yicha oxirgi o‘rinlarni Qashqadaryo (17,8%), Sirdaryo (17,3%) hamda Toshkent viloyati (15,9%) egallagan. Talaba bo‘lgan abituriyentlar foizi bo‘yicha hududlar reytingi quyidagicha: - Buxoro – 26,8%; - Navoiy – 24,6%; - Farg‘ona – 23,4%; - Qoraqalpog‘iston – 22,4%; - Namangan – 21,6%; - Toshkent shahri – 21,6%; - Xorazm – 21%; - Samarqand – 19,2%; - Jizzax – 18,9%; - Andijon – 18,3%; - Surxondaryo – 17,9%; - Qashqadaryo – 17,8%; - Sirdaryo – 17,3%; - Toshkent viloyati – 15,9%. Abituriyentlarga ulashing! @Biznes_Zamon - #Talim