Ibirimo
Eng ko'p foiz tug'adigan sarmoya Tanishimni korxonasi yiliga $200,000 daromad qilar edi. Bir qizni call-centerga ishga oldi. Qiz yaxshi ishlashini ko'rib uni lavozimda ko'tarmoqchi bo'ldi. $1,000 atrofida sarmoya qilib, qizni o’qitdi, kurslarga yubordi. Vaqt o'tgach qizni sotuv bo'lim rahbari darajasigacha ko'tardi. Malakasiga qo'shib maoshi ham oshdi. Kecha $200ga ishga kelgan qiz $1,000 topishni boshladi. Kelgusi yil korxona daromadi $250,000 chiqdi. «Qizning hissasi katta» dedi tanishim. Keling hisoblaymiz. $50,000 - $1,000 / $1,000 * 100% = 4,900% Tikilgan pulga nisbatan tanishim 4,900% foyda qildi. Bitcoin yiliga 30%, ko’chmas mulk 12%, bank 7%, S&P500 esa 11% tug’adi. Faqat ta’limga sarmoya minglab foiz tug’adi. Ishchilarimiz, farzandlarimiz, aka ukalarimiz va opa singillarimizning ta’limiga sarmoya qilaylik, minglab foiz tug’adi. @mashrabov_aa