TGINSIGHT CHAT
Istanbul Boshkonsulxonasi
@istanbul2020Boshkonsulxona
PolitikiO'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining rasmiy kanali Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: https://uzconsulate.taplink.ws/ Telegramdagi bot: https://t.me/IstanbulBoshKonsulxonasiBot
Ubutumwa bw'ubu
Uk. 1 kuri 84 · ubutumwa 1,005
Yoherejwe 9 Mat.
Bobokalonimiz Amir Temur tavallud ayyomi Bugun buyuk sarkarda, davlat arbobi va bunyodkor bobokalonimiz Amir Temur tavallud topgan kun. Sohibqiron o‘zining kuchli irodasi, yuksak tafakkuri va adolatga asoslangan boshqaruv tamoyillari bilan jahon tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Uning “Kuch - adolatda” degan hikmati bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Amir Temur tomonidan barpo etilgan ulkan saltanat, ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlikka berilgan yuksak e’tibor xalqimiz uchun faxr va ilhom manbaidir. Buyuk ajdodimizning yorqin xotirasi doimo qalblarimizda yashaydi.
Yoherejwe 8 Mat.
🟦🟦🟦 Hurmatli xorijdagi vatandoshlar! 2026-yil 25-26-aprel kunlari Qoraqalpog'istonning Ellikqal'a tumanidagi Aqchako'l manzilida "Yosh vatandoshlar forumi" bo'lib o'tadi. 📝 Barchangizni ushbu forumga taklif etamiz! Buning uchun siz vatandoshlar.uz/yoshlar portalida ro‘yxatdan o‘tib o‘z taklif va tashabbuslaringizni yuborishingiz kerak bo'ladi. 📝 💥Eng sara taklif va tashabbus egalari forumga taklif etiladi. Ishtirokchilarning tadbirga doir barcha xarajatlari "Vatandoshlar" jamoat fondi tomonidan qoplanadi. 📩 📝 Ro'yxatdan o'tish 2026-yil 15-aprel Toshkent vaqti bilan 23:59 ga qadar davom etadi! Shoshiling! Fursatni boy bermang! ✈️Telegram | 📱Facebook | 🌐Instagram 📹YouTube | 🌐Web-site
Yoherejwe 8 Mat.
Rasmiy axborot O‘zbekiston Respublikasida yirik miqdorda kredit mablag‘larini olib, ularni qaytarmasdan Turkiya Respublikasiga yashirinib yurgan, 37 yoshli, Samarqand viloyatida tug‘ilgan fuqaro B.A. qo‘lga olindi. O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik natijasida mazkur shaxs aniqlanib, tegishli tartibda qo‘lga olindi hamda qonuniy choralar ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasiga qaytarildi. Hozirda fuqaro B.A.ga nisbatan qonunchilikka muvofiq tergov harakatlari olib borilmoqda. Bosh konsulxona vatandoshlarimizni xorijda bo‘lgan davrida amaldagi qonunlarga qat’iy rioya etishga chaqiradi.
Yoherejwe 8 Mat.
Bursada o‘zbek madaniyati va turizmi namoyish qilindi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
Yoherejwe 3 Mat.
Ogoh bo'ling! Hurmatli vatandoshlar! Sizning huquq va manfaatlaringiz davlat himoyasidadir! Shu o'rinda, O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xorijda bo'lishingiz davomida shaxsiy mas'uliyatingizni oshirish va quyidagi xavfsizlik talablariga rioya etishingizni so‘raydi: - kundalik turmushingizda sog‘liq va hayotingizga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan shubhali vaziyatlardan uzoqda bo‘ling. Ommaviy yig‘in va namoyishlarda qatnashishdan saqlaning, shuningdek, odamlar gavjum joylarda hushyorlikni yanada oshiring. - qonuniy huquq va manfaatlaringiz har qanday shaklda buzilsa, og'ir yoki favqulodda holatga tushib qolsangiz zudlik bilan mahalliy huquq-tartibot organlariga 155 (Politsiya) yoki 156 (Jandarmeriya) qisqa raqamlari orqali, shuningdek, Bosh konsulxona 24/7 ishonch telefoniga murojaat eting. - Agar Siz va yaqinlaringizni mahalliy huquq-tartibot idoralari qo'lga olsa, ozodligingizni cheklasa yoki ayb e'lon qilsa advokat himoyasini talab qilish, yaqinlaringizga telefon orqali habar berish yoki Bosh konsulxona bilan bog‘lanishga haqlisiz. - pul evaziga Turkiyada bo'lish hujjatlarini rasmiylashtirish va mo'may daromadli ish, shuningdek, Amerika va Yevropa davlatlari vizalarini va’da qilayotgan firibgarlardan ehtiyot bo‘ling. - rasmiy ruxsatnomasi bo’lmagan taksi xizmatlaridan foydalanmang (ayniqsa, ayol va yolg'iz kishilar). Bog‘lanish uchun: • 24/7 ishonch telefoni: +90 212 909 08 04 • elektron manzil: [email protected] • manzil: Istanbul sh., Levent caddesi, Lale sk., 8.
Yoherejwe 30 Wer.
🌐🌐🌐🌐🟦🟦🟦 🔥|Abbos Fayzullayev bilan eksklyuziv intervyu! ☺️Ushbu samimiy suhbatda Abbosbek Fayzullayev o‘zining bolaligi, futbolga kirib kelish yo‘li, qiyinchiliklari va bugungi kundagi muvaffaqiyatlari haqida ochiq gapirdi. ☺️Istanbuldagi hayoti, Turkiya chempionatidagi tajribasi, CSKAdan keyingi faoliyati va Eldor Shomurodov bilan bir jamoada o‘ynash qanday kechayotgani haqida bilib olasiz. ☺️Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2026 dagi ishtiroki, Ronalduga qarshi o‘ynash haqidagi fikrlari va yoshlarga bergan maslahatlari intervyuning to'liq matnida! Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
Yoherejwe 29 Wer.
🇹🇷Istanbul universitetida Navro‘z bayrami keng nishonlandi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
Yoherejwe 28 Wer.
Rasmiy xabar O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasida mamlakatimiz hududida yirik miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir etib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan asli Horazmlik 40 yashar T.R. va Toshkentlik 38 yashar F.A. Turkiya hududida aniqlanib qo‘lga olindi. Mazkur shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinib, sud oldida javobgarlikka tortilishi uchun mamlakatimizga qaytarildi. Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. Ushbu yo‘nalishda jinoyatchilikka qarshi kurashish, xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularni javobgarlikka tortish borasida samarali natijalarga erishilmoqda. Hozirgi kunda ham mamlakatimiz hududida turli jinoyatlar sodir etib, Turkiya hududida yashirinib yurgan boshqa shaxslarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tegishli tezkor-qidiruv hamda huquqiy choralar davom ettirilmoqda. Shu o‘rinda yana bir bor eslatib o‘tamizki, o‘z vatanida jinoyat sodir etib, boshqa davlat hududida yashirinib yurish orqali javobgarlikdan qochib bo‘lmaydi. Har bir jinoyat uchun muqarrar ravishda adolatli sud qarori va tegishli jazo mavjud. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qonunlarga qat’iy rioya etishga, har qanday noqonuniy harakatlardan tiyilishga chaqiramiz.
Yoherejwe 27 Wer.
Rasmiy xabar Joriy yilning 27-mart kuni soat 15:00 da Istanbul–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilishi rejalashtirilgan “Qanot Sharq” aviakompaniyasining HH576 reysi texnik nosozlik sababli o‘z vaqtida amalga oshirilmadi. Hozirgi vaqtda samolyotda yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha zarur texnik ishlar olib borilmoqda. Mazkur reys bilan uchish uchun ro‘yxatdan o‘tgan 247 nafar yo‘lovchiga ichimlik suvi tarqatildi. Shuningdek, yo‘lovchilar uchun kechki ovqat tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Aviakompaniya vakillarining ma’lumotiga ko‘ra, parvoz taxminan soat 22:00 da amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etib boriladi. Yo‘lovchilar va ularning yaqinlaridan vaziyatni to‘g‘ri tushunib, asossiz xavotirga berilmasliklari so’raladi.
📹 ABBOS FAYZULLAYEV BILAN "DUNYO" AXBOROT AGENTLIGI UCHUN EKSKLYUZIV INTERVYU 🔥 TEZ KUNDA: U hammasi haqida gapirdi! Bolalikdan Yevropa futboligacha... 🎁 Yulduzli mehmonimizdan maxsus sovg'a yutib olishni xohlaysizmi? > Buni qanday amalga oshirish siri intervyu davomida ochiladi... 🤫 ⏳ Barchasi tez kunda! Bizga obuna bo'ling, videoni do'stlaringizga ulashing va bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang! #AbbosFayzullayev#DunyoAA#UzbekFootball#EksklyuzivIntervyu 📱Рус | Eng| Facebook | X | YouTube | Instagram
Yoherejwe 26 Wer.
Turkiyaning Istanbul va Bursa shaharlarida Navro‘z bayrami munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Ushbu bayram tadbirlarida Turkiyadagi keng jamoatchilik vakillari, madaniyat va sanʼat arboblari, ushbu davlatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirok etdi. Yurtimizdan Turkiyadagi bosh konsullik diplomatlari, ShHT Xalq diplomatiyasi markazi xodimlari, O‘zbekiston madaniyati, birligi va hamkorlik jamiyati aʼzolari, Davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda Yunus Rajabiy nomidagi Milliy musiqa sanʼati instituti vakillari qatnashdi. So‘zga chiqqanlar Navro‘z nafaqat milliy bayram, balki umuminsoniy qadriyatlar, tinchlik, birdamlik va xayr-ehson g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan bayram ekanini taʼkidladi. Turkiyada ushbu bahoriy ayyomni nishonlash orqali xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari yanada mustahkamlanishi eʼtirof qilindi. O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda Yunus Rajabiy nomidagi Milliy musiqa sanʼati oliygohi o‘qituvchi va talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Unda o‘zbek va turk xalqlarining ko‘p asrlik tarixi, milliy anʼanalari va madaniy xususiyatlari musiqa va raqslar orqali ifodalandi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun anʼanaviy sanʼat ko‘rgazmalari ham tashkil etildi, o‘zbek milliy taomlari taqdim etildi. Turkiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar ham o‘z chiqishlari orqali bayramning yana-da ko‘tarinki ruhda o‘tishiga hissa qo‘shdi.
Yoherejwe 25 Wer.
Istanbul Boshkonsulxonasi pinned a photo