TGINSIGHT CHAT
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
@milliy_universitut
UbureziMirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti (rasmiy xabarlar) National university of Uzbekistan Olmazor tumani, Farobiy ko’chasi, metro Beruniy. Reklama uchun: @khusanoff_a Guruhmiz: @nuu_student_s Sport: @nuu_sport
Ubutumwa bw'ubu
Uk. 1 kuri 85 · ubutumwa 1,011
Yoherejwe -13 d
Oʻzbekiston Milliy universitetida yakuniy nazorat imtihonlari davom etmoqda 🇺🇿 Yakuniy nazoratlar universitetga 1-kursga qabul qilingan hamda 2-kurs kunduzgi taʼlim shakli talabalari uchun test va yozma shaklda, shifrlash tizimi asosida tashkil etilgan. 📷 Yakuniy nazorat jarayonlarning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida onlayn translyatsiya qilib boriladi. @nuu_student_s
Yoherejwe -13 d
❗️Rasman: O‘zbekistonda 27 may (chorshanba) – Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi Prezident farmoniga ko‘ra, o‘zbekistonliklar hayitda 5 kun dam oladi: - 27 may, 28 may, 29 may, 30 may va 31 may; - 1 iyun, dushanba — ish kuni. @nuu_student_s
Yoherejwe -17 d
🇬🇧 Siz Buyuk Britaniyada o‘qishni xohlaysizmi? Unda 21-may kuni UCAN Consulting Toshkent ofisida bo‘lib o‘tadigan Study Fair aynan siz uchun! Bu yerda siz: —Universitet vakillari bilan jonli uchrashuv —Buyuk Britaniyada o‘qish bo‘yicha kerakli ma’lumotlar —TOP 350 universitetlarda talaba bo‘lish imkoniyati —$8000 gacha scholarship —Bepul ichki imtihon topshirish 🔥 Eng muhimi — o‘sha kunning o‘zida universitetdan qabul xati olish imkoniyati mavjud! Study Fair qatnashchilarini kichik sovg‘alar ham kutmoqda! Shuningdek, sizga hujjatlar, viza jarayoni, Londonga yetib borgandan keyingi yordam va turar joy topishgacha bo‘lgan bosqichlarda to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz! Agar siz ham Britaniya talabasi bo‘lishni istasangiz — 21-may kuni Study Fair’da kutib qolamiz!🇬🇧 🔗Joy band qilish uchun havola ustiga bosing👈🏻 🌐Instagram | 🌐Youtube | 🌐Sayt ☎️ 78-777-5-777
Yoherejwe -18 d
📌Tezkor: Davlat oliygohlarida tahsil olayotgan pedagog farzandi boʻlgan talabalarga 30%lik kontrakt chegirmasi berilishikutilmoqda Bu haqdagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. 🖊Asosiy ma'lumotlar: ◾️Chegirma hozirda oʻqiyotgan hamda yangi oʻquv yilidan qabul qilingan talabalarga beriladi. ◾️Chegirma miqdori: oddiy kontrakt summasining 30% ini tashkil etadi ◾️Chegirma faqat bir oʻquv yili uchun beriladi (har yili amal qilmaydi). ◾️Chegirma faqat kunduzgi ta'lim talabalari uchun amal qiladi. ◾️"Perevodchilar" ham chegirma olishlari mumkin. ❌ Super-kontraktda tahsil olayotgan talabalar uchun chegirma berilmaydi. ❌ Qoʻshma ta'lim dasturi talabalari uchun ham amal qilmaydi. ⌛️Muhokama 29-mayga qadar davom etadi. @nuu_student_s
Yoherejwe -20 d
❗️Talabalarga ijara to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tizimi haqida batafsil ma’lumot 1️⃣ Kimlarga qoplab beriladi? ➖ yotoqxona bilan qamrab olinmagan bo‘lishi kerak. Agar yotoqxonada joy bo‘lsa-yu, lekin talaba yotoqxonada turmasdan, ijaraga chiqib ketgan bo‘lsa, unda kompensatsiya berilmaydi; ➖o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijarada turgan bo‘lishi kerak; ➖davlat oliygohi talabasi bo‘lishi kerak, xususiy oliygoh talabalariga qoplab berilmaydi; ➖O‘zbekiston fuqarosi yoki respublikada doimiy yashayotganfuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi kerak, xorijiy davlat fuqarosiga qoplab berilmaydi; ➖ faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan bo‘lishi kerak. Kechki, masofaviy, sirtqi, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qiyotgan talabalarga qoplab berilmaydi; ➖ ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidan boshqa joyda(tuman, shahar miqyosida) yashayotgan bo‘lishi kerak. Masalan, Samarqand shahrida ro‘yxatda turgan talaba Samarqand shahridagi oliygohda o‘qisa, unga ijara to‘lovida kompensatsiya berilmaydi, lekin Kattaqo‘rg‘on tumanida ro‘yxatda turuvchi talabaga to‘lab berilishi mumkin; ➖davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotganining farqi yo‘q, ikkalasiga ham qoplab beriladi. 2️⃣ Qancha kompensatsiya beriladi? Har oy uchun: ➖Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (412 ming so‘m); ➖Boshqa hududlarda — yarim baravar (206 ming so‘m). 3️⃣Ijara shartnomasi bo‘lishi shart Kompensatsiya olish uchun ijara.soliq.uz saytida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi bo‘lishi kerak, yo‘qsa kompensatsiya berilmaydi. Yagona istisno: 1-kurslarga dastlabki sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi so‘ralmasdan to‘lab beriladi. Noyabr oyidan esa 1-kurslarga ham ijara shartnomasi bo‘lishi kerak. Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart. ❕BU MUHIM: uyiga talabalarni ijaraga qo‘ygan fuqarolar ijarasi uchun daromad solig‘idan ozod qilinadi (Soliq kodeksi, 378-modda, 19-1-bandi). Shuning uchun talabalarni ijaraga qo‘yganlar, shartnomani rasmiylashtirishdan xavotir olmasa ham bo‘ladi, ular buning uchun soliq to‘lamaydi. 4️⃣ Kimlarga birinchi navbatda beriladi? — Ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lganlar; — o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar birinchi navbatda moliyalashtiriladi. ❕Ma’lumot uchun: qoidaga ko‘ra, ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga kompensatsiya beriladi. Ya’ni bu degani, agar limit to‘lib qolsa, hammaga byudjetdan to‘lab berilmasligi ham mumkin. Ammo yetmay qolgan talabalarga universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari orqali qo‘shimcha moliyalashtirish ham mumkin. 5️⃣ Ariza qanday beriladi? Arizalar har oyning 7-sanasiga qadar onlayn topshirilishi kerak. Buning uchun: ➖kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi; ➖ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi; ➖“Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi. 6️⃣ Rad etish asoslari Agar soxta hujjat topshirilgan bo‘lsa, manzil mos kelmasa yoki ariza muddatida berilmagan bo‘lsa — rad etiladi. Komissiya tomonidan doimiy ravishda ijara shartnomasini qalbakilashtirgan va noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgan talabalar ro‘yxati shakllantirilib boriladi. Ushbu talabalar ro‘yxatiga tushgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish to‘xtatilishi mumkin. Rad etilgan taqdirda kamchilikni tuzatib, yana murojaat qilish mumkin. 7️⃣Tugatilishi shartlari Agar talaba akademik ta’tilga chiqqan, kursda qoldirilgan yoki safdan chetlashtirilsa — to‘lov to‘xtatiladi. Ijara shartnomasi bekor qilinsa yoki manzil o‘zgarsa 3 ish kuni ichida xabar qilish kerak. ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori. @nuu_student_s
Yoherejwe -22 d
O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Majidov yakuniy nazorat jarayonlari bilan tanishdi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Majidov 12-maydan boshlangan yakuniy nazorat imtihonlari jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida imtihon o‘tkazilayotgan hududlar, jumladan, universitetning sport majmuasida bo‘ldi. Tashrif davomida rektor yakuniy nazorat imtihonlarini ko‘zdan kechirdi hamda jarayonlarni adolatli o‘tkazish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berdi. Hozirda universitetning barcha fakultetlarida yakuniy nazoratlar tasdiqlangan grafik asosida davom etmoqda. @nuu_student_s
Yoherejwe -23 d
"Qurilish remont" kompaniyalari, Xususiy maktab chun jamoamizga tajribali, mijozlar bilan ishlay oladigan SOTUV MENEJERI izlayapmiz! Talablar: ✅To’liq stavkada ishlay olishi ✅ CRM tizimi bilan ishlash bo‘yicha bazaviy tajriba (o‘rgatilishi mumkin) ✅ Telefon orqali muloqot asoslarini bilish. ✅ Kompyuter savodxonligi: Word / Excel yoki Google Sheets, messenjerlar, IP-telefoniyadan foydalanish. ✅ Sotuv sohasida kamida 6 oylik amaliy tajriba (call-markaz, ofis sotuvlari, B2B/B2C). ✅ Aniqlik va ravon nutq (telefon va yuzma-yuz suhbatda). ✅ Stressga chidamlilik, rad javoblarini “shaxsiy xafa bo‘lish”siz qabul qilish ✅ Mas’uliyat va va’dalarni o‘z vaqtida bajarish odati ✅ Tez moslasha olish va yangi narsalarni o‘rganishga ochiqlik ✅ Jamoada ishlash va sog‘lom raqobatni qabul qilish Loyiha haqida ma'lumot: 🏠 Toshkent shaharda "под ключ" remont xizmati, Xususiy maktab Ish sharoitlari va motivatsiya: 🔵 Ish vaqti: 10:00 – 19:00 (8 soat). 🔵 Grafik: 6/1. Dam kunlarini xodim kompaniya tartib-qoidalari doirasida o‘zi tanlaydi. 🔵 O‘rtacha daromad: 2.000.000 + abed (oylik o'rtacha - 4 000 000 so‘m). Yuqori natijalarda: 10.000.000 gacha daromad olish imkoniyati. 🔵 Zamonaviy ofis. 🔵 Qisqa “energy break” uchun sharoit. 🔵 Jamoa o‘rtacha yoshi: 23 yosh, faol va ochiq kommunikatsiya muhiti. 📍Ish Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida joylashgan, Ko'kcha masjid yonida Agar ish sizga qiziq bo'lsa havola orqali ro'yxatdan o'ting! Nomzodingizni ko'rib chiqib sizga o'zimiz aloqaga chiqamiz! Murojaat uchun: @feruza_baxtiyorovnaa
Yoherejwe -24 d
56% ha 56% yo’q 112 foiz talabalar tayyor demak😁
Yoherejwe -24 d
Yoherejwe -28 d
❗️Talabalar endi stipendiya ma’lumotlarini onlayn ko‘rishlari mumkin! HEMIS tizimiga talabalarga stipendiya to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Billing tizimidan olib ko‘rsatish funksiyasi qo‘shildi. Endilikda har bir talaba o‘ziga to‘langan mablag‘larni o‘quv yillari kesimida mustaqil kuzatib borishi mumkin. ❓Ma’lumotlarni qanday ko‘rish mumkin? 1️⃣Talaba profilida: • Moliyaviy to‘lov/stipendiya hisobi sahifasiga o‘tiladi; • Bu yerda har bir talaba o‘ziga haqiqatda to‘langan stipendiyalar ro‘yxatini ko‘radi; • O‘quv yili filtri yordamida o‘tgan yillardagi ma’lumotlarni ham saralash mumkin. 2️⃣Mas’ul xodim profilida: • Tashqi xizmatlar/stipendiya hisobi sahifasida barcha talabalar ro‘yxati bilan tanishish mumkin; • Sinx tugmasi orqali ma’lumotlarni Billing tizimi bilan yangilash imkoniyati mavjud. ‼️MUHIM: Ushbu ma’lumotlar ham my.hemis.uz platformasida, ham HEMIS mobil ilovasida aks ettiriladi. @nuu_student_s
Yoherejwe -28 d
🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Birgalikda ommaviy sportga!” shiori ostidagi sport tadbirlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. @nuu_student_s
Yoherejwe -28 d
"Unicorn" tanlovida qatnashing va Startup School'da BEPUL o'qing Ishtirok etish mutlaqo bepul.Faqat bir kichik vazifa bor: tanlovimiz haqida do‘stlaringizga ham xabar bering. Ishtirok etish shartlari: • @UnicornTechTanlovBot orqali ro'yxatdan o'ting va do‘stlaringizni taklif qiling • Har bir do‘stingiz botga kirib, to‘liq ro‘yxatdan o‘tsa sizga +1 ball qo‘shiladi • Eng ko‘p ball to‘plagan 20 nafar ishtirokchi g‘olib bo‘ladi G‘oliblarni nimalar kutmoqda? • 20 nafar g‘olib uchun Startup School’da BEPUL ta’lim • Eng kuchli bitiruvchilarga $10,000+ investitsiya yutish imkoniyati • Tajribali mentorlar bilan real startup loyihalarda ishlash tajribasi Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.Bu oddiy tanlov emas — bu kelajagingiz uchun imkoniyat! Bizni kuzatib boring Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube | Website