TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
Subira ku nzira
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU) avatar

TGINSIGHT CHAT

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

@milliy_universitut

Uburezi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti (rasmiy xabarlar) National university of Uzbekistan Olmazor tumani, Farobiy ko’chasi, metro Beruniy. Reklama uchun: @khusanoff_a Guruhmiz: @nuu_student_s Sport: @nuu_sport

Abiyandikishije1.3万Abiyandikishije bari mu nzira
Ubutumwa1,011Ubutumwa bwahuguriwe
Icyagezweho59,700Ibireba ubutumwa bw'ubu
Ubutumwa bw'ubu

Ubutumwa bw'ubu

Uk. 2 kuri 85 · ubutumwa 1,011

Yoherejwe 3 Gic.

Talabalar o‘zlarining yuqori texnologiyali ishlanmalari va startap loyihalarini namoyish etdi 🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida iqtidorli talabalar va bitiruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Batafsil👉nuu.uz @nuu_student_s

3,600 views

Yoherejwe 30 Mat.

⚡️Joriy yilgi test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari ➖ 2026–2027 o‘quv yili test topshiriqlari soni va baholash mezonlari e’lon qilindi. 5 ta fan, 90 ta savol va maksimal 189 ball tizimi haqida batafsil. @nuu_student_s

4,110 views

Yoherejwe 30 Mat.

Kimyo fakultetida «Dekan kubogi» g‘oliblari aniqlandi O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakultetida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida futbol bo‘yicha «Dekan kubogi» musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 📰 Yuqori saviyada tashkil etilgan bahslar yakunida quyidagi jamoalar shohsupani egalladi: 🏆 1-o‘rin: «Kimyogarlar» jamoasi (2-kurs); 🥈 2-o‘rin: «Ustozlar» jamoasi; 🥉 3-o‘rin: «Navbahor» jamoasi (3-kurs, kechki ta’lim). Fakultet rahbariyati tomonidan g‘olib va sovrindor jamoalarga faxriy diplomlar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. @nuu_student_s

4,120 views

Yoherejwe 28 Mat.

Talabalik oltin davrim.. @nuu_student_s

3,440 views

Yoherejwe 22 Mat.

📌Endi super-kontrakt miqdorini OTM rahbari belgilaydi Hukumat qaroriga asosan endi super-kontrakt miqdori oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadi. Avval bu vakolat Davlat qabul komissiyasida edi. Hukumat qarori bilan Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi. Unga koʻra, Nizomning 74-bandi birinchi xatboshidagi “nisbatan Davlat komissiyasi” soʻzlari “nisbatan oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori)” soʻzlari bilan almashtirildi. Endi ushbu band quyidagi tahrirda bayon etiladi: Kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon)da toʻplagan ballari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam boʻlmagan, belgilangan qabul parametrlari doirasida hamda qoʻshimcha qabul asosida qabul qilinmagan va oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi oʻquv yilida amalda oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadigan super-kontrakt miqdorida toʻlovni amalga oshirish sharti bilan oʻqishga kirish huquqi beriladi. Bunda qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilandi. @nuu_student_s

4,300 views

Yoherejwe 18 Mat.

📚Tajribali rus tili ustozimisiz ? Sizni Registan LC Rus tili ustozi lavozimiga ishga taklif qilamiz! 📍Toshkent shahar va Toshkent viloyati Talablar: — Milly sertifikat: A/A+ — Ustozlikda eng kamida 1 yillik tajriba; — Rus tilida erkin og'zaki va yozma muloqot darajasi; — Jamoa bilan ishlash ko'nikmasi, xushmuomalalik, kirishimlilik; Ish vaqti: — 8:00 - 14:00 va 14:00 - 20:00, 6/1 Takliflar: — O'zbekistondagi yetakchi ta'lim markazlaridan birining a'zosi bo'lish imkoniyati; — Raqobatbardosh oylik maosh; — O'quv kurslarimiz uchun maxsus chegirmalar; — Shaxsiy va professional o'sish imkoniyati; — Do'stona va ahil jamoa; 💡O'qituvchilikda karyerangizni keyingi darajaga olib chiqing - bizga qo'shiling! 👉Anketa to'ldirish uchun bosing *Yaqinlaringizga ulashishni unutmang!

4,360 views

Yoherejwe 16 Mat.

📚 Kitob magazini va nashriyotiga kop kitob oquvchilarni taklif qilamiz Kalibr books Endi kitob sotib olmasdan oqishingiz mumkin ✅ Kitoblar oqib kitobni ichidan tasirli joyini belgilab berish ✅ Kitobni oqib tugatgach qisqacha gapirib berish ✅ Ihtiyoriy : Kitob oqib tugatgach reviev yoki qisqacha tasirli gapirib berish 🎯 Afzaligi oqivotgan kitob ozizga sovga qoladi va doimiy skidkaga ega bolasiz Erkin grafik : Kitoblar rus, ingliz , uzbek tillarida Imkoniyatlar: Kitob industriyasi organish va albatta marketing qismini tushunish 📞 Aloqa: +998 90 930 30 17 https://www.instagram.com/kalibr_books?igsh=bm5rcjN6MzV3b2px https://t.me/kalibr_books Manzil: Seuol Moon va Solnichniy kitob bozori

4,940 views

Yoherejwe 7 Mat.

📌Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin Oliy ta’lim muassasalarida davlat grantlari asosida ta’lim olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash tizimini takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga bir qator muhim o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda Jumladan, amaldagi nizomda belgilangan “kamida uch yil” ishlab berish majburiyatiga oid normalar chiqarib tashlanishi taklif etilmoqda. Yangi tartibga muvofiq, davlat grantlari asosida tahsil olgan bitiruvchilarning ishlab berish muddati ta’lim yo‘nalishining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda vakolatli organ tomonidan alohida belgilanadi. Shuningdek, bitiruvchilarni ishga taqsimlash bilan bog‘liq ayrim tushunchalarga aniqlik kiritilib, “doimiy yashash joyi” atamasini “yashash joyi” deb almashtirish ko‘zda tutilmoqda. Qaror loyihasida ishlab berish majburiyatini belgilashda yagona yondashuvdan voz kechib, sohalar kesimida differensial tartibni joriy etish orqali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsad qilingan. Mazkur o‘zgartishlar bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash jarayonini yanada shaffof va samarali tashkil etishga, shuningdek, mehnat bozori ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi. Do'stlaringizga ulashing @nuu_student_s

5,720 views

Yoherejwe 1 Mat.

⚡️OTMlarga qabul boshlanishiga atigi 2 oy qoldi. Nimalarni bilishingiz kerak? Ma'lumki, o'tgan yilidan boshlab davlat OTMlariga hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshirilyapti. 1️⃣-bosqich: O'tgan yili 5-iyundan 25-iyunga qadar(shu kuni ham) amalga oshirilgan. Amaldagi tartib bo'yicha bu yil ham shu sanada qabul boshlanishi kerak. Bu degani: abituriyentlar atigi 2 oydan keyin hujjat topshirishadi. Avval hamma OTMga kirish uchun imtihon topshiradigan fanlarini tanlaydi. Kirish imtihonlari tugagach, 2-bosqich uchun hujjat topshirishadi. 2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. 🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi. @nuu_student_s

6,100 views

Yoherejwe 28 Wer.

❗️"Perevod"chilar 5 ta yo'nalish tanlay olmaydi O'qishni ko'chirishda talabalar huddi abituriyentlar singari beshta ta'lim yo'nalishi tanlay olmaydilar. Faqatgina bitta ta'lim yo'nalish tanlash huquqi berilgan. O'qishni ko'chirishda quyidagilar imtiyoz sifatida amal qilmaydi: ❌ 5 ta ta'lim yo'nalishiga topshirib bo'lmaydi; ❌ Avval test, keyin tanlov qilib bo'lmaydi; ❌ Har qanday imtiyozlar amal qilmaydi; ❌ Hech qanday til sertifikatlari imtiyoz bermaydi; ❌ Oilaviy sharoit inobatga olinmaydi; ❌ Har qanday xalqaro musobaqa yoki fan olimpiadasi ahamiyatsiz.  @nuu_student_s

5,590 views

Yoherejwe 25 Wer.

📌“Yurisprudensiya” yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda ayrim imtiyozlar bekor qilindi Prezident farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-martdan boshlab ushbu yo‘nalishga o‘qishga qabul qilishda quyidagilarga tatbiq etiladiganlardan tashqari barcha imtiyozlar bekor qilinadi: ✅ Qurolli kuchlar harbiylari; ✅ Ichki ishlar organlarining xodimlari; ✅ Fan olimpiadalari g‘oliblari; ✅ Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar. Demak, endilikda “Yurisprudensiya” yo‘nalishiga aloqador bo‘lmagan OTMlarga kirishda tatbiq etiladigan imtiyozlarga ega abituriyentlar (masalan, “Zulfiya”, “Mard o‘g‘lon” mukofotlari sovrindorlari) yuridik yo‘nalishda o‘qish uchun imtiyoz ololmaydi. @nuu_student_s

6,660 views

Yoherejwe 23 Wer.

Startap va innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy etish bo’yicha seminar-trening tashkil etildi 🗣O’zbekiston Milliy universitetida yosh olimlar va magistrantlar ishtirokida “Startaplarni texnik sinovdan o‘tkazish va texnik baholash metodikasi” mavzusida seminar-trening o’tkazildi 🔺Unda texnika fanlari doktori Orifjon Qodirov ishtirokchilarga startap loyihalarni texnik jihatdan tahlil qilish, ularni sinovdan o‘tkazish bosqichlari, samaradorlikni baholash mezonlari hamda zamonaviy metod va yondashuvlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 🔺Trening jarayonida yosh olimlar o‘z startap loyihalari ustida ishlash, texnik ekspertiza o‘tkazish va baholash ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. #PayshanbaYoshlarKuni #StartapInnovatsiya ☑O’zbekiston Milliy universiteti

6,760 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485