TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU) avatar

TGINSIGHT POST

Post #4627

@milliy_universitut

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Ibireba3,530Umubare w'ibireba
Yoherejwe30 Nze.2024-09-30 21:00
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

#intervyu Inom Madjidov, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, “Do‘stlik” ordeni sohibi: Kamtarona mehnatlarimizni yuksak davlat mukofoti bilan taqdirlaganlari uchun Davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Albatta, bu bizni yanada g‘ayrat bilan ishlashga undaydi, shijoat beradi. Bugungi uchrashuvda Prezidentimiz o‘qituvchi va pedagoglar uchun kelgusida yaratiladigan imkoniyat va imtiyozlarni yettita yo‘nalishda belgilab berdilar. O‘ylaymanki, bu beqiyos imkoniyatlar yoshlarning ta’lim muassasasida qolib ishlashiga, ilm qilishiga katta turtki beradi. Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Inom Urishevich Madjidov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bugun, 30-sentyabr kuni Pedagogik mahorat milliy institutida bir guruh ta’lim-tarbiya sohasi vakillariga faxriy unvonlar, orden va medallar tantanali topshirildi. ☑O'zbekiston Milliy Universiteti