TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU) avatar

TGINSIGHT POST

Post #5374

@milliy_universitut

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Ibireba2,830Umubare w'ibireba
Yoherejwe11 Mat.2025-04-11 08:07
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

#uchrashuv#QS#reyting QS xalqaro reyting agentligi Markaziy Osiyo mintaqaviy direktori O‘zMUda bo‘ldi 🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov QS xalqaro reyting agentligi Markaziy Osiyo mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubovni qabul qildi. Mehmon universitet jamoasini QS Subject reytingidagi soʻnggi natijalar bilan tabrikladi. Erishilgan yutuqlar hamda mavjud kamchiliklar ustida ochiq va konstruktiv muhokama olib borildi. Har yili QS reytingida ishtirok etish uchun 30 mingdan ortiq universitetlar ariza topshiradi. Oʻzbekiston Milliy universitetining bu darajadagi yutuqlari juda katta muvaffaqiyatdir. Universitet xalqaro maydonda o‘zining salohiyati va jamoaviy sa’y-harakatlari bilan ajralib turibdi, – deydi Xristolyubov. 🏆 Uchrashuv yakunida QS reyting agentligi vakili Oʻzbekiston Milliy universitetining QS World University Rankings reytingida 781-790-o‘rinlarni egallagani munosabati bilan esdalik statuetkasini tantanali ravishda rektor Inom Madjidovga topshirdi. ☑O'zbekiston Milliy Universiteti