TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU) avatar

TGINSIGHT POST

Post #5648

@milliy_universitut

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Ibireba4,480Umubare w'ibireba
Yoherejwe26 Kan.2025-08-26 06:19
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

#Dolzarb_90#TasviriySanat O‘zbekiston Milliy universitetida “Tasviriy san’at ko‘rgazmalari taqdimoti" tanlovi bo‘lib o‘tdi 🔺Biologiya va ekologiya fakultetiga qarashli Botanika bog‘i hududida tashkil etilgan Ijodkor talabalar bog‘ida “Tasviriy san’at ko‘rgazmalari taqdimoti" tanlovi bo‘lib o‘tdi. 🔺Go‘zal tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan bunday ijodiy tanlov ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi. Mazkur tadbir ijodkor talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish hamda tasviriy san’at orqali badiiy didni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. 🔺Tanlovda turli fakultetlardan iqtidorli talabalar ishtirok etib, o‘z ijodiy ishlari, rang-barang kartinalari va san’at asarlarini tomoshabinlarga taqdim etdilar. Har bir ishtirokchi san’atga bo‘lgan mehrini o‘ziga xos uslubda namoyon qildi. 🔺Tadbir yakunida eng yaxshi ijod namunalarini yaratgan talabalar saralanib, ular Diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bu esa yosh ijodkorlarga yanada ilhom va rag‘bat bag‘ishladi. ☑O’zbekiston Milliy universiteti