TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU) avatar

TGINSIGHT POST

Post #6316

@milliy_universitut

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Ibireba4,760Umubare w'ibireba
Yoherejwe14 Wer.2026-03-14 07:14
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

#Forum#xalqaro_hamkorlik Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi oʻtkazildi ⏺Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida 13-mart kuni Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi boʻlib oʻtdi. Mazkur nufuzli tadbir ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoniga aylandi. ⏺Mazkur forumda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov hamda prorektor Ravshan Musurmanov ham ishtirok etdi. Rektor ma’ruza bilan chiqish qilib, so‘nggi yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Tojikistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. ⏺Forum doirasida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti o‘rtasida akademik va ilmiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi. Batafsil 👉 nuu.uz ☑O’zbekiston Milliy universiteti