Ibirimo
⚡️OTMlarga qabul boshlanishiga atigi 2 oy qoldi. Nimalarni bilishingiz kerak? Ma'lumki, o'tgan yilidan boshlab davlat OTMlariga hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshirilyapti. 1️⃣-bosqich: O'tgan yili 5-iyundan 25-iyunga qadar(shu kuni ham) amalga oshirilgan. Amaldagi tartib bo'yicha bu yil ham shu sanada qabul boshlanishi kerak. Bu degani: abituriyentlar atigi 2 oydan keyin hujjat topshirishadi. Avval hamma OTMga kirish uchun imtihon topshiradigan fanlarini tanlaydi. Kirish imtihonlari tugagach, 2-bosqich uchun hujjat topshirishadi. 2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. 🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi. @nuu_student_s