Ibirimo
šBitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin Oliy taālim muassasalarida davlat grantlari asosida taālim olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash tizimini takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga bir qator muhim oāzgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda Jumladan, amaldagi nizomda belgilangan ākamida uch yilā ishlab berish majburiyatiga oid normalar chiqarib tashlanishi taklif etilmoqda. Yangi tartibga muvofiq, davlat grantlari asosida tahsil olgan bitiruvchilarning ishlab berish muddati taālim yoānalishining oāziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda vakolatli organ tomonidan alohida belgilanadi. Shuningdek, bitiruvchilarni ishga taqsimlash bilan bogāliq ayrim tushunchalarga aniqlik kiritilib, ādoimiy yashash joyiā atamasini āyashash joyiā deb almashtirish koāzda tutilmoqda. Qaror loyihasida ishlab berish majburiyatini belgilashda yagona yondashuvdan voz kechib, sohalar kesimida differensial tartibni joriy etish orqali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsad qilingan. Mazkur oāzgartishlar bitiruvchilarni ish bilan taāminlash jarayonini yanada shaffof va samarali tashkil etishga, shuningdek, mehnat bozori ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi. Do'stlaringizga ulashing @nuu_student_s