Ibirimo
📌Endi super-kontrakt miqdorini OTM rahbari belgilaydi Hukumat qaroriga asosan endi super-kontrakt miqdori oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadi. Avval bu vakolat Davlat qabul komissiyasida edi. Hukumat qarori bilan Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi. Unga koʻra, Nizomning 74-bandi birinchi xatboshidagi “nisbatan Davlat komissiyasi” soʻzlari “nisbatan oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori)” soʻzlari bilan almashtirildi. Endi ushbu band quyidagi tahrirda bayon etiladi: Kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon)da toʻplagan ballari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam boʻlmagan, belgilangan qabul parametrlari doirasida hamda qoʻshimcha qabul asosida qabul qilinmagan va oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi oʻquv yilida amalda oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadigan super-kontrakt miqdorida toʻlovni amalga oshirish sharti bilan oʻqishga kirish huquqi beriladi. Bunda qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilandi. @nuu_student_s