TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Xidirov formati
Xidirov formati avatar

TGINSIGHT POST

Post #238

@Xidirovformat

Xidirov formati

Ogledi214Število ogledov
Objavljenopred 25 dnevi15. 05. 2026, 11:47
Vsebina

Vsebina objave

#maromiylik #seminar 📍Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Maromiylik” umummilliy harakati doirasida OTM mutaxassislari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida jamiyatimiz uchun dolzarb bo‘lgan masala — yoshlar orasida me’yor, mas’uliyat va ongli hayot tarzini shakllantirish masalasi atroflicha muhokama qilindi. Maruzalarda bugungi kunda kuchayib borayotgan iste’molchilik kayfiyati, namoyishkorona hayot tarzi hamda ijtimoiy bosimning salbiy oqibatlari real misollar va tadqiqot natijalari asosida yoritib berildi. Shuningdek, 58 mingdan ortiq respondent ishtirok etgan sotsiologik tadqiqot natijalari taqdim etilib, ortiqcha dabdaba, isrof va qarzga asoslangan turmush tarzining kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi. Bu holat ayniqsa yoshlar dunyoqarashi va qadriyatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi. Seminar-trening interaktiv ruhda tashkil etilib, ishtirokchilar nafaqat tinglovchi, balki yangi g‘oyaning targ‘ibotchisi va amaliy tashabbuskori sifatida faol ishtirok etdilar. “Maromiylik” harakati doirasida ilgari surilayotgan asosiy g‘oya — jamiyatda me’yor va qanoat madaniyatini shakllantirish, ongli tanlovga asoslangan hayot tarzini qaror toptirishdan iborat ekanligi yana bir bor e’tirof etildi. Bizning ijtimoiy sahifalar:👇 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱Youtube