TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Xidirov formati
Xidirov formati avatar

TGINSIGHT POST

Post #33

@Xidirovformat

Xidirov formati

Ogledi108Število ogledov
Objavljeno9. nov.09. 11. 2025, 15:18
Vsebina

Vsebina objave

1991-yil 18-noyabr kuni "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. Sana munosabati bilan bugun 2025-yil 8-noyabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda keng jamoatchilik vakillari bilan birga yurtimiz bo‘ylab "Bayroq estafetasi" karvon tortmoqda. Mo‘ynoq tumanidan boshlangan estafeta Qo‘ng‘irot, Qonliko‘l, Shumanay tumanlari bo‘ylab Xo‘jaligimizga yetib keldi. "Bir Vatan, bir el, bir bayroq" shiori ostida o‘tkazilayotgan ushbu ommaviy tadbirda tuman aholisi, yoshlari, shuningdek Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i S.Xdirov, markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i T.Atamuratov, Xo‘jayli tumani hokimi J.Ermashev, tegishli soha rahbarlari va faollari ishtirok etdi. Harbiy orkestrning tantanali kuylari yangrashi natijasida barcha ishtirokchilar tuman markazi bo‘ylab harakatlanib, hilpirab turgan davlatimiz bayrog‘i tinchlik va mustaqillik ramzi sifatida o‘z qadrini baland ko‘tarib, baxtiyor xalqimizning g‘ururiga aylandi. So‘zga chiqqanlar bayrog‘imizning bugungi jahon siyosiy sahnasidagi tutgan o‘rni, nufuzi va ahamiyati haqida so‘zlab, barchani bayram bilan tabrikladi.