TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← А если серьезно
А если серьезно avatar

TGINSIGHT POST

Post #575

@dios_mood

А если серьезно

Mionekano980Idadi ya mionekano
Imechapishwa4 Ago04/08/2024, 14:16
Maudhui ya chapisho

Maudhui

#longread Imane va Lin Yu-Tin haqida eng adekvat postni Ibrat akada ko’rdim. O’zim ham biroz fikr bildirmoqchiman. Ayniqsa, yaqinlarimning ham xato fikrlarini ko’rganimdan so’ng jim tura olmadim. Men hech qanday LGBT yonini olmoqchi emasman, chunki bu insonlar hech qanday transgender, germofrodit, erkak emas, siz-u biz kabi ayol, faqat biroz bizga o’xshamagan ayol. Siz bu ayol tarixi bilan tanishdingizmi? Ozgina factcheck qildingizmi? Shundoq ham bolaligi og’ir bo’lgan qizaloq kuchli bo’lish uchun o’zi harakat qilgan, mashg’ulotlarga o’zi pul ishlab topgan. O’zini hech qachon erkak sifatida identifikatsiya qilmagan, ayollar boxida ishtirok etgan, el qatori yutgan, yutkazgan AYOLLARGA. Shular yutkazganda sizlar qayerda edinglar? Erkak dedilaring, trans dedinglar, qo’llaringda birorta dalil, biror test natijasi yo bularning bulbulchasi rasmi bormi? Kechirasizlar-u, yuziga qarang erkakka o’xshaydi deyish tupoy, omi, analiz qilishga ongi yetmaydigan dolbaebning fikri. Nahot ziyoli, tuppa-tuzuk odamlar uyalmay shunday deyapsizlar? Yana o’zim hurmat qilgan yaqinlarimda shu fikrlarni o’qib shok bo’ldim. Google bormi, Wikipedia, ChatgGPT bormi, ochinglar, ozgina o’qinglar barakat topgurlar. Bitta olimning fikrini mutlaq dalil deb menga tashlaysizlar, fanda hech qachon bir olim tadqiqoti mutlaq haqiqat deb tan olinmaydi, qarshi tadqiqot, maqolalarni ham o’qinglar ozgina. Istaysizlarmi, o’zim sizlarga XY xromosomasi va ayollarga tegishli ekanligi haqida 100 ta tadqiqot yuboraman? Qaysi biringizning toqatingiz yetadi haqiqatni izlashga, anglashga? Hech qaysiningizning. Chunki barchangi omma sindromiga chalingansiz, sizlarga qidirish, izlanish og’irlik qiladi. Tayyor omma ortidan yurish sizlarga qulay. Shuning uchun ham toqatsiz, avomsiz, shuning uchun ham ustingizga chiqib nimalar qilsa qilib yotishibdi, manipulyatsiyaga tez uchadigan slabiysizlar. MOK da sizningcha, ahmoqlar o’tirar ekanda, testesteron darajasini bila turib, boshqasini kaltaklagani qo’yib beraverar ekanda? Hammani o’zlaring kabi o’ylashdan uyalmaysizlarmi? Kimdan chiqdi bu absurd xabar, manba qayerda, ortida qanday siyosiy ambiciyalar bor, nega kallani ishlatib qidirib ko’rmaysiz? White woman tears degan tushuncha bor, oq ayolning kaltaklanishi va ko’z yoshi hissiyotlaringni jumbushga keltirishi shu. O’tgan Olimpiaada Imane ham boshqa ayoldan kaltak yeb, chiqib ketganida kimdir e’tibor bersdimi? Yoki Sitorani urgan Lin Yu-Tin ham Imane hami heyt va bullingga uchradimi? O’zimizdan boshqa kim esladi bu sportchini? Hammaga italiyalik oq ayolning ko’z yoshi muhim, agar shular osiyolikni ursa, hech kim e’tibor bermaydi. Imane ham, Lin ham - erkak emas. Birortalaringni qo’llaringda birorta dalil yo’q, XY xromosomasi haqida esa kirib o’qinglar, qo’llaringda telefon bor. Ommadan jamiyatga aylanaylik endi. Men Sitoraga achinmadimmi? Jonim og’ridi uni urishganida, ammo bu meni vaziyatga adekvat qarashimga to’sqinlik qila olmaydi. Ikkala sportchi ham tajribalik, MOK qo’ygan talablarni bajargan, tibbiy ko’rsatmalarga qat’iy rioya qilmoqda. MOK qo’ygan talablar bizga yoqmasa, shunchaki sportchilarimizni yubormasdan boshimizga yostiq qilib yotishimiz kerak. Bizda Milliy Olimpiya Qo’mitasi yo’qmi? Agar qoidabuzarlik bo’lsa, sizlardan oldin shu Qo’mita e’tiroz bildirsa kerak? Olimpiadada qoidalar ochiq, har kim tanishishi va qabul qilsagina qatnashish huquqiga ega. Bilib turib kelishgan ular, mag’lubiyat ham bo’ladi, g’alaba ham. Bu sport - raqibni tanlamaysan, kuchli bo’lishga majbursan. Raqib kuchli ekan deb yig’lasang, bu ishni tashla-da, bor boshqa ish qil. Yig’ishtiringlar sizlar ham krinj postlar yozishni. Hammangizda Google bor, inglizcha tushunmasangi Translater bor, miya bor ishlatinglar shu uchala narsani, bullshit yozmasdan. Bir ayolni trans deb uyalmasdan bo’xton tarqatib, yana shundan faxrlanib yurishibdi. Uyat, bu podaga. Uyat! Qani endi siz bularning trans yo erkakligiga birorta isbot tashlangchi? Emotsiya, hissiyotlaringiz dalil emas!