TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
А если серьезно avatar

TGINSIGHT CHAT

А если серьезно

@dios_mood

Video na filamu

O’zim va kino haqida Anonim xabar uchun: https://t.me/anonimnye_poslaniya_bot?start=1122711248 https://tirikchilik.uz/dio Yashash qiyinlashib ketyapti

Wanachama589Wanachama wa sasa
Machapisho776Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni6,041Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 1 kati ya 65 · machapisho 776

Imechapishwa 3 Mei

Qo’ng’izga aylanib qolsam, oilam va yaqinlarim nechi kungacha chidashiga qiziqaveraman )

151 views

Imechapishwa 29 Apr

Kecha 28-avtobusga o’tirgandim. Yo’l uzoq, ichkari hammomdek. Orqa tomondan chiqqanim va uzun avtobusligi uchun yonimdagilarga aytdim, shoferga aytinglar kondicionernj yoqsin deb. Odamlar gapimdan sal kuch olishdimi birpasda chuvir-chuvir qilib tashlashdi. Shopir amaki tushib, suv quyib, bir nimalar qilib axiyri yoqdi. Muzdekkina avtobusda maza qilib ketdik. Bugun endi Beruniydan o’tirgandim. Kirsam parxona, yana yangi vagonlar. Bo’lmaydi dedim-da mashinist tugmasini qidirsam, orqamdagi studentlar ko’rsatishdi. Birinchi marta bosib, kondicionerni yoqinlar deb qat’iy gapirdim. Biroz turib sekin shabada kelishni boshladi. Kondicioner to’liq ishlaguncha men tushib ketdim albatta, ammo keyingilar baribir maza qilib ketadi. Konditsioner olinur, berilmas ☝🏻

363 views

Imechapishwa 27 Apr

Film shunchaki shedevr. Bir lahzada ko’rib hazm qilib yuboriladigan avtobiografik asar bo’libdi. Sujet, ovoz, aktyorlar ijrosi a’lo, drama kuchli. Kostyumlar, grim yaxshi ishlangan. Michael heyteri bo’lmagan kam sonli san’atkorlardan biri edi, shuning uchun ham filmi aralash hislarni uyg’ota oladi va tasvirdan ham maza qilasiz. Filmdan keyin Michaelning kliplarini ko’rib, boshqattan yig’lab oldim. Bunday insonlar bir keladi, qayta tug’ilmaydi. Albatta ko’ringlar. 10/10

371 views

Imechapishwa 27 Apr

Bolaligimizda enamlarnikida yashil bit tarog’i bo’lardi. Avloddan-avlodga o’tgan. Bizni sochimizni tarashmagan, ammo shu taroqni ko’rsam ichim og’rirdi, qancha odamni jonini yulgan bo’lsa kerak deb. Umuman enamlarni uyini eslasam qo’lbola pashshakushak, shu taroq, taxta qoshiq esga tushardi. Bu narsalar doim shu yerda bo’lishi, doim shu joyida turishi kerakdek. Enamlar vafot etganlaridan keyin uyidagi narsalarni holamlar bo’lib olishgan, o’sha taroqni kim olgani esimda yo’g’u, ammo boshqa uyda ko’rganimda yig’lagim kelgandi. Bu narsalar joyidan jilishi kerak bo’lmagan bir qadrli buyumlardek, kimdir o’sha bolalik xotiralarini o’zgartirmoqchi bo’lgandek tuyulgan. Sentimental values shu bo’lsa kerak. Credits: Art Boss

319 views

Imechapishwa 24 Apr

💔

384 views

Imechapishwa 17 Apr

Shu qo’shiq va edit yig’latdi. Qo’shiq yaxshi ma’noda bo’lgan, ammo edit uni toxic onalar uchun bag’ishlangandek ko’rsatib qo’ydi. Qanchalik toxic va zaharga to’la bo’lmasin sen doimo talpinadigan, qo’msaydigan maskan - onagni bag’ri. Senga azob berishini, og’ritishini bilsang ham onang yoniga talpinaverasan, qalbing orom olmasa ham. O’zimning onam juda mehribon, shunday onalarning farzandlari do’stlarim. Ba’zan viloyatga onalari oldiga sog’inib, intilib borib, yig’lab, siqilib qaytib kelganlarini ko’p ko’raman. Juda og’ir bu. Tarjimasi: Ona, men charchadim Bugun sening uyingda uxlasam bo’ladimi? Ona, shu yerda bir yoki ikki yil qolib ketsam ham maylimi? (Agar buning iloji bo’lmasa) Faqat bir kecha uxlay olishning o‘zi ham yetarli bo‘lardi. Va men ketaman, qachonki o‘z hayotimni qanday qilib o‘zim ta’minlashni tushunib olsam

576 views

Imechapishwa 16 Apr

Bolaligimiz kaltaklar bilan o’tganining yaqqol sababi

504 views

Imechapishwa 15 Apr

Man sizlarga threadsdagi qiziqarli izohlarni tekinga tashlab turaman, evaziga smaylikchalar qo’yasizlar, kelishdik?)

537 views

Imechapishwa 11 Apr

Bolaligimizda «Проклятие Темурa» degan disk bo’lardi. Unda qabrni ochish jarayoni va undan keyin boshlangan “Ulug’ vatan urushi”, olimlar intervyulari boridi. O’sha payt ishonganman, Go’ri Amirga borganimdayam qandaydir qo’rquv his qilganman. Hozir endi ulg’ayib, ciniklashib tahmin qilyapmanki, Gitler shunchaki trolling leveli baland odam bo’lgani uchun qabr ochilishiga hujumni boshlab yuborgan, odamlarni battar zablujdeniega solish uchun )

564 views

Imechapishwa 6 Apr

Amir Temur filmi haqida qancha tanqid bo’lsa hammasi o’rinli, barchasiga qo’shilaman. Kinoman sifatida fikrimni yozishim kerak lekin. Taqriz professional emas, oddiy. Bu filmdan ko’p narsa kutgan emasdim va u kutilmalarimni oqladi. Film o’rta statustik,…

749 views

Imechapishwa 5 Apr

Amir Temur filmi haqida qancha tanqid bo’lsa hammasi o’rinli, barchasiga qo’shilaman. Kinoman sifatida fikrimni yozishim kerak lekin. Taqriz professional emas, oddiy. Bu filmdan ko’p narsa kutgan emasdim va u kutilmalarimni oqladi. Film o’rta statustik, oddiy omma uchun mo’ljallangan va ularga juda yoqqanini zaldagi qarsaklardan ham bilib turdim. Bir boshdan boshlasak: Film tarixiy-avtobiografik, shu sabab undagi tarixiy voqelikni qahramon shaxsiyati orqali his qilgisi keladi tomoshabin, men shu narsani his qila olmadim. Sun’iy intellekt bilan qorishiq nimadir ko’rgandek his, ammo nimaligini hanuz tushunmayapman. Amir Temur milliy g’ururni oshirishga xizmat qiladigan film bo’lishi kerak, ammo Temur filmda judayam ambitsiyasiz, o’rtamiyona, ilimiliq shaxsiyatga ega. Ijodkorlarning badiiy erkinlikka, to’qimalarga haqqi bor agar bu film saviyasini haqiqatan oshirsa, bu narsa Amir Temurda uchramaydi. Agar tarixiy kontekst va bilgan faktlaringizni unutib tomosha qilsangiz, qabul qilishingiz mumkin. Dialoglar ustida ishlanmagan, bu eng katta minus. Tarixiy filmlarni ushlab beradigan yana bir narsa bu - aktyorlarning mohir ijrosi, ammo afsuski xorij aktyorlari ham bizni bundan qutqara olmagan. Temur shaxsiyati to’liq ochilmagan, biz bilgan qahr, salobat yetishmadi, hatto qarigan chog’idagi lavhada ham. Endi yomonlasak, gap ko’p. Ammo plyuslarini aytmaslik ham gunoh. Film tijoriy, shunday ekan buni bila turib tarixiy mavzuga qo’l ura olish katta jasorat. Tijoriy filmlarning maqsadi doim milliy tarixni targ’ib qilish bo’lmaydi, bunga harakat qilingan. Dark graphica ishlatilgani tomoshabinni biroz epik, dramatik holatga sola oladi. Avval ishlangan tarixiy fimlarga, hatto “Yalangto’sh Bahodir”dan ham ancha yaxshi chiqqan, demak buni tarixiy filmlarda biroz o’sish deb qabul qilsak bo’ladi. Film ko’rishga arziydi, ammo bir marta. Aytgancha, ayol aktrisalarning ijrosi ancha ishonarli chiqqan. Eng asosiysi, otlar o’z rolini yaxshi o’ynab beribdi )

915 views

Imechapishwa 5 Apr

Hamma bilan ertalabda baqir-chaqir qib urushadigan, xa desa uchastkovoy chaqiradigan shallaqi opa endi qo’shning emas, o’zing ekanligini anglash og’ir bo’larkan 😭

608 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••6465
IliyotanguliaUk. 1 kati ya 65Inayofuata