TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← А если серьезно
А если серьезно avatar

TGINSIGHT POST

Post #888

@dios_mood

А если серьезно

Mionekano937Idadi ya mionekano
Imechapishwa10 Mac10/03/2026, 10:43
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Sizlarga meni qanday firibgarlar chuv tushirishgani haqida aytib bermoqchiman. 7-mart kuni Tuzkonga ketishim kerak edi. 7:30 da hamma jamuljam bo’lib ketishga qaror qilindi. G’aflat bosib uxlab qolibman, 6 yarimda zo’rg’a uyg’ondim. Uyg’ondimu darrov Yandex lavkadan ovqat zakaz qilib yubordim. O’zim dushga yugurdim, hali narsalarim to’liq tayyor emasdi, bir qo’limda fen, ikkinchi qo’lim bilan chemodanga narsa solishni boshladim. Shu holimga telfon bo’ldi va sms keldi Yandex Lavkadan bezovta qilyapmiz degan. Javob berdim, siz buyurtma qilgan narsalar boshqa filialda bor ekan dedi, mayli yuboringlar faqat tezroq deb yana yugurishni boshladim. Biroz turib appga qarasam, zakaz yaratilib, bekor qilindi. Yana telefon bo’ldi, bu filialga o’zgartirdik, kassa yopishimiz kerak edi, shu filialga to’lov qila olsizmi degan. Aha karta yuboring dedim. 172 ming to’lov qildim. Kutyapman, kelmaydi, 7 dan oshib ketdi hamki yo’q. Apil-tapil narsalarimni olib, do’stlarim to’plangan joyga yugurdim, soat 7 yarim bo’lib bo’lgandi. Kurerga telefon qildim, bu filialda sizning zakazlaringiz yo’qku dedi. Hayron bo’ldim. Oxiri zakazdan umidni uzib, mashinaga chiqqanimda, boshqa kurer olib kelayotganini aytdi. Qizig’i shundaki, Yandexda filial o’zgartirildi, ikki marta buyurtma bekor qilindi va 1,5 soatda zo’rg’a zakaz keldi. Lavkadan buyurtma qiladiganlar biladi maksimum 40-50 daqiqada kelishini. Oxirgi sekundlarda buyurtmam kelib, safarga ulgurib qoldim. Tinch holatda hamma narsani o’ylash, tahlil qilishga aqlim yetadi, ammo u paytda vaqt tig’iz va bir nechta mashg’ulot bilan bandligim pand berdi. O’zi buyurtma qilganimda restoran va magazinlar telefon qilishi tabiiy, falon narsa yo’q ekan, o’rniga buni qo’yaylik deydi. Ba’zan o’zim qo’shimcha narsa aytib yuboraman, pulini click orqali to’lab yuboraman, ya’ni men uchun oddiy bo’lgandi magazin, restoranlar telefoni. Shunday qilib safarga ketdim va qaytib kelib qarasam, vozvrat bo’lgan pul qaytmapti. Yandex supportga yozdim. Ular buyurtma uchun pul olinganini, hech qanday filialga pul tushmaganini aytishdi. Demakki, menga telefon qilgan yigit firibgar bo’lgan. Unday bo’lsa, u firibgarlar qanday qilib nimalar buyurtma berganimni bilishsi va Yandexda filial o’zgarib buyurtma 2 marta bekor bo’ldi? Taxminlarim: - Yandex shaxsiy ma’lumotlarni saqlay olmaydi, yo 3-shaxslarga uzatadi. - Demak mening shaxsiy ma’lumotlarim yana boshqa odamlarning qo’lida. Nima bo’lganda ham mendek keng fikrli, bunday firibgarliklarni ilg’ay oladigan odam bugun firibgarlarning qurboni bo’ldi. Va bundan o’zim ham xulosa qilib, sizlarga ham bo’lishishni afzal bildim va bu bo’yicha tavsiyalarim: - Yandexdan buyurtma qilishda faqat prilojenieni o’zidan telefonni qabul qilinglar. - Hech kimning kartasiga pul o’tkazmang. Mendek o’ta shoshilib, ishingiz tez bitishini istayotgan bo’lsangiz ham. Sizda qanday tavsiyalar bor? Eng qizig’i, o’sha oborgan ovqatni ham yemadik, kechga bitta sherigimiz ujin qildi, tongda Sobirova nonushta tayyorladi, oxiri ovqatlarni o’sha atrofda yurgan Bo’ribosar itga berdik )