Maudhui
Bu yil “Oskar” ga munosib bo’lgan filmlardan biri - “Hissiy qadriyatlar” filmini ko’rib tugatdim. “Битва за битвой” dan ko’ra ancha kuchli film. Yevropa kinomotografiyasi kuchli ekanligini bilardim, skandinav davlatlarniki ayniqsa. Film ancha chuqur, u yerda voqealar emas, holatlar so’zlaydi: nigohlar, jest, harakatlar. Judayam sokin atmosfera va pauzalar normal odamlarni zeriktirib qo’yishi ham mumkin, shuning uchun bu film havaskorlar uchun emas. Nora - o’zim uchun oynadek bo’ldi. To’g’rilanmagan munosabatlar, chegarasiz mehr, emotsional bo’shlik oxiri insonni o’zini yemirishiga olib keladi. Ayniqsa, film yakuniga yaqin singlisining uyiga kelib, opasidan xabar olishi singillarimni eslatdi. To’zib, tartibsiz holga kelgan, o’z olamimga berkingan dunyoyimni o’zgartiradigan jigarlarimni esladim. Shu tomondan tomoshabinlar qalbiga yetib bora oladi. Muhim jihati - sentimental qadriyatlar faqatgina buyumlar, uydagi eski narsalar emas, aytilmagan gaplar, ko’rsatilmagan mehr, ichda qolib ketgab alamlar ekanligini ham tushunasiz. Film nimadandir ta’sirlanib, nimanidir o’rgatmaydi, shunchaki ichida yashab, qahramonlarni his qilishga, ular bilan birga yashashga undaydi. Ko’rishga arziydi. Juda arziydi. 9/10