TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← А если серьезно
А если серьезно avatar

TGINSIGHT POST

Post #896

@dios_mood

А если серьезно

Mionekano653Idadi ya mionekano
Imechapishwa28 Mac28/03/2026, 08:20
Maudhui ya chapisho

Maudhui

#qandaytopildi “Renessans universiteti” jamoasi navbatchiligida o‘tgan bahorgi mavsum 1-tur o‘yinining 8-savolini Birinchi liga jamoalari orasida faqat “Whatever” jamoasi topdi. Savol matni quyidagicha: Savol matnida IKS — ikki so‘zni almashtirib keladi. Siz ko‘rib turgan kartina Edvard Hopper tomonidan yaratilgan bo‘lib, “IKS” deb ataladi. “IKS” — shuningdek, 2001-yilda chiqqan qo‘shiqning nomi hamdir. Savol: “IKS” muallifi bo‘lgan rok-guruhi nomini yozib bering. Javob: System of a Down Qabul: SOAD Izoh: Edvard Hopperning “Chop Suey” nomli kartinasida qisman “Suey” so‘zini ko‘rib turibsiz. Alternativ metal yo‘nalishida ijod qiluvchi System of a Down guruhiga mashhurlik olib kelgan qo‘shiqning nomi ham “Chop Suey”. Ma’lumot uchun, Chop Suey — xitoycha taom nomi. Muallif: Nazarbek Nazarov. “Whatever” jamoasi ushbu savolni qanday topganini yuqoridagi videodan ko‘rishingiz mumkin. ➖@Toshkent_ZakovatNNT➖