Maudhui
Amir Temur filmi haqida qancha tanqid bo’lsa hammasi o’rinli, barchasiga qo’shilaman. Kinoman sifatida fikrimni yozishim kerak lekin. Taqriz professional emas, oddiy. Bu filmdan ko’p narsa kutgan emasdim va u kutilmalarimni oqladi. Film o’rta statustik, oddiy omma uchun mo’ljallangan va ularga juda yoqqanini zaldagi qarsaklardan ham bilib turdim. Bir boshdan boshlasak: Film tarixiy-avtobiografik, shu sabab undagi tarixiy voqelikni qahramon shaxsiyati orqali his qilgisi keladi tomoshabin, men shu narsani his qila olmadim. Sun’iy intellekt bilan qorishiq nimadir ko’rgandek his, ammo nimaligini hanuz tushunmayapman. Amir Temur milliy g’ururni oshirishga xizmat qiladigan film bo’lishi kerak, ammo Temur filmda judayam ambitsiyasiz, o’rtamiyona, ilimiliq shaxsiyatga ega. Ijodkorlarning badiiy erkinlikka, to’qimalarga haqqi bor agar bu film saviyasini haqiqatan oshirsa, bu narsa Amir Temurda uchramaydi. Agar tarixiy kontekst va bilgan faktlaringizni unutib tomosha qilsangiz, qabul qilishingiz mumkin. Dialoglar ustida ishlanmagan, bu eng katta minus. Tarixiy filmlarni ushlab beradigan yana bir narsa bu - aktyorlarning mohir ijrosi, ammo afsuski xorij aktyorlari ham bizni bundan qutqara olmagan. Temur shaxsiyati to’liq ochilmagan, biz bilgan qahr, salobat yetishmadi, hatto qarigan chog’idagi lavhada ham. Endi yomonlasak, gap ko’p. Ammo plyuslarini aytmaslik ham gunoh. Film tijoriy, shunday ekan buni bila turib tarixiy mavzuga qo’l ura olish katta jasorat. Tijoriy filmlarning maqsadi doim milliy tarixni targ’ib qilish bo’lmaydi, bunga harakat qilingan. Dark graphica ishlatilgani tomoshabinni biroz epik, dramatik holatga sola oladi. Avval ishlangan tarixiy fimlarga, hatto “Yalangto’sh Bahodir”dan ham ancha yaxshi chiqqan, demak buni tarixiy filmlarda biroz o’sish deb qabul qilsak bo’ladi. Film ko’rishga arziydi, ammo bir marta. Aytgancha, ayol aktrisalarning ijrosi ancha ishonarli chiqqan. Eng asosiysi, otlar o’z rolini yaxshi o’ynab beribdi )