TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← А если серьезно
А если серьезно avatar

TGINSIGHT POST

Post #910

@dios_mood

А если серьезно

Mionekano576Idadi ya mionekano
Imechapishwa17 Apr17/04/2026, 19:11
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Shu qo’shiq va edit yig’latdi. Qo’shiq yaxshi ma’noda bo’lgan, ammo edit uni toxic onalar uchun bag’ishlangandek ko’rsatib qo’ydi. Qanchalik toxic va zaharga to’la bo’lmasin sen doimo talpinadigan, qo’msaydigan maskan - onagni bag’ri. Senga azob berishini, og’ritishini bilsang ham onang yoniga talpinaverasan, qalbing orom olmasa ham. O’zimning onam juda mehribon, shunday onalarning farzandlari do’stlarim. Ba’zan viloyatga onalari oldiga sog’inib, intilib borib, yig’lab, siqilib qaytib kelganlarini ko’p ko’raman. Juda og’ir bu. Tarjimasi: Ona, men charchadim Bugun sening uyingda uxlasam bo’ladimi? Ona, shu yerda bir yoki ikki yil qolib ketsam ham maylimi? (Agar buning iloji bo’lmasa) Faqat bir kecha uxlay olishning o‘zi ham yetarli bo‘lardi. Va men ketaman, qachonki o‘z hayotimni qanday qilib o‘zim ta’minlashni tushunib olsam