TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Maudhui ya chapisho
Maudhui
Bolaligimizda enamlarnikida yashil bit tarog’i bo’lardi. Avloddan-avlodga o’tgan. Bizni sochimizni tarashmagan, ammo shu taroqni ko’rsam ichim og’rirdi, qancha odamni jonini yulgan bo’lsa kerak deb. Umuman enamlarni uyini eslasam qo’lbola pashshakushak, shu taroq, taxta qoshiq esga tushardi. Bu narsalar doim shu yerda bo’lishi, doim shu joyida turishi kerakdek. Enamlar vafot etganlaridan keyin uyidagi narsalarni holamlar bo’lib olishgan, o’sha taroqni kim olgani esimda yo’g’u, ammo boshqa uyda ko’rganimda yig’lagim kelgandi. Bu narsalar joyidan jilishi kerak bo’lmagan bir qadrli buyumlardek, kimdir o’sha bolalik xotiralarini o’zgartirmoqchi bo’lgandek tuyulgan. Sentimental values shu bo’lsa kerak. Credits: Art Boss