TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi avatar

TGINSIGHT POST

Post #10902

@farkengash

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi

Mionekano192Idadi ya mionekano
Imechapishwa7 Mei07/05/2026, 11:11
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Deputatlar hududlarda 🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov, xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi raisi O.Ahmadshayev hamda shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov tomonidan “Zuxro” MFY hududida joylashgan 36-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari oʻrganildi. 🖥 Umumiy loyiha qiymati 5 mlrd 797 mln soʻmni tashkil etayotgan mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari bolajonlar uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan. 🔵 Oʻrganish davomida obyekt hududida olib borilayotgan ishlar sifati, qurilish me’yorlariga rioya etilishi, belgilangan muddatlarga amal qilinishi hamda foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifatiga alohida e’tibor qaratildi. ⚙️ Ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan “TEXNO GEO STROY” MCHJ mas’ullari bilan muloqot davomida bugungi kunda bajarilgan ishlar, keyingi bosqichlar hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari muhokama qilindi. ➡️ Shuningdek, qurilish jarayonida sifat va shaffoflikni ta’minlash, ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi. ✔️ Ta’kidlanganidek, loyiha ijrosi deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olingan. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube