TGINSIGHT CHAT
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi
@farkengash
SiasaXalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi Veb-sayt: www.farkengash.uz Facebook: facebook.com/kengashrasmiy Youtube: youtube.com/@farkengash E-Pochta: [email protected] Murojaat uchun: @kotibiyatfar_bot
Machapisho ya hivi karibuni
Uk. 1 kati ya 84 · machapisho 1,002
Imechapishwa siku 9 zilizopita
Deputatlik soʻrovi yuborildi 🇺🇿 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati I.Nosirov tomonidan Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi M.Meliqoʻziyevga deputatlik soʻrovi yuborildi. ➡️ Mazkur deputatlik soʻrovida hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligi, yoshlarni bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda yoshlar muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot taqdim etish soʻralgan. 🏛 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz
Imechapishwa siku 9 zilizopita
🔵 Viloyat Kengashining doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi 🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha” doimiy komissiyasi yigʻilishida bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. ➡️ Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan viloyat mahalliy byudjetining 2025-yildagi ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan tashqi audit va baholash natijalari koʻrib chiqildi. ➡️ Shuningdek, viloyatda ichki bozorlarni asosiy turdagi oziq-ovqat hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan tizimli va kafolatli taʼminlash, narx-navoning barqarorligini saqlash, inflyatsiya darajasini nazorat qilish boʻyicha ishlab chiqilgan yoʻl xaritasi yuzasidan viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyat mudirining axboroti tinglandi. 💬 Muhokamalar davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar bildirilib, tegishli vazifalar belgilab olindi. 🏛 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz
Imechapishwa siku 9 zilizopita
#live ▶️ Ayni daqiqalarda xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi boʻlib oʻtmoqda. 🏛 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz
Hashtags
Imechapishwa siku 10 zilizopita
Qonunlar ijrosi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish masalasi muhokama qilindi 🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi kotibiyati mudiri SH.Karimov rahbarligida kotibiyat bosh yuristkonsilti hamda bosh mutaxassislari ishtirokida yigʻilish o'tkazildi. 💬 Yigʻilish davomida hududlarda amaldagi qonunlar ijrosini oʻrganish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda doimiy komissiyalar faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. ➡️ Shuningdek, qonunlar ijrosi yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni doimiy komissilara yig'ilishida muhokama qilib borish belgilab berildi. ✔️ Muhokamalar yakunida kotibiyat bosh yuristkonsulti hamda bosh mutaxassislarga aniq topshiriqlar yuklatildi. 🏛 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz
Imechapishwa siku 12 zilizopita
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi pinned a photo
Imechapishwa siku 12 zilizopita
🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining 25–26 may kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi 🗓 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi 25–26 maykunlari ish rejasiga bir necha doimiy komissiyalar yigʻilishlarini oʻtkazish, saylov okruglarida faollar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, muammolarni o‘rganish, jumladan, infrastruktura, xizmat ko‘rsatish sohalarida oʻrganishlar o‘tkazish masalalari kiritilgan. 📌 Shuningdek mahalliy Kengashlarning faoliyatiga koʻmaklashish, deputatlik so‘rovlari yuborish kabi masalalar ham ish rejasidan o'rin egallagan. 🔼Batafsil rasmda🔼 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz
Imechapishwa siku 12 zilizopita
🇺🇿O'tgan hafta davomida viloyat Kengashi faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest 🗓 18-may kuni ✔️ Viloyati Kengashining “Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Turizm to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining hududlarda ijro etilishi masalasi muhokama qilindi. ✔️ viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida viloyat Kengashi deputati T.Abdurahmonov saylov okrugi hududidagi Pandigon MFYda Rishton tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Sobirov tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi. 🗓19-may kuni ✔️ Viloyati Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Nigoraxon Mannopova tomonidan So‘x tumanida yangi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda qurilish jarayonlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. ✔️ Viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida viloyat Kengashi deputati N.To‘xtaboyev saylov okrugi hududidagi Katta Qaynar mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston tuman Kengashi deputati N.Kamoldinova tomonidan mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan (24 ta muhim masala bo'yicha) o‘rganish ishlari olib borildi. 🗓 20-may kuni ✔️ Viloyat Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🗓 21-may kuni ✔️ Viloyat Kengashi deputati M.Dexqonov tomonidan Yangiobod mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi. ✔️ Viloyat Kengashi deputati D.D.Mehmonova tashabbusi bilan “Ilm-fan qizlar nigohida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🗓 22-may kuni ✔️ viloyat Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. ✔️ Viloyat Kengashi deputatlari M.Yunusov va I.Juraev hamda Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputatlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. ✔️ Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sayyora Abdikarimova boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz
Imechapishwa siku 12 zilizopita
🇺🇿 Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sayyora Abdikarimova boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatida bo‘lib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda. ➡️ Tashrif doirasida ishchi guruh dastlab Quvasoy shahridagi “Valik” mahallasi hududida joylashgan “Quvasoy Nodirjon” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Xo‘jalik 2016-yilda tashkil etilgan bo‘lib, umumiy maydoni 40,3 gektardan iborat. Shundan 39,2 gektarida intensiv bog‘ barpo qilinib, tomchilatib sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Xo‘jalikda gilos, o‘rik, shaftoli va olxo‘ri kabi mevali daraxtlar parvarishlanmoqda. 📊 Tashkil etilgan intensiv bog‘larda eksportbop gilos navlari yetishtirilib, zamonaviy agrotexnologiyalar asosida yuqori hosildorlikka erishilmoqda. ➡️ Yetishtirilayotgan mahsulotlar ichki bozor ehtiyojini ta’minlaydi. Shu bilan birga ular tashqi bozorlarga ham eksport qilinmoqda. Bu esa hududning eksport salohiyatini mustahkamlash, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 🔵 Shuningdek, ishchi guruh viloyatdagi biolaboratoriyalar faoliyati bilan ham tanishdi. Bundan tashqari, Oltiariq tumanining eksport jarayonlari va sohada yaratilgan infratuzilmalar faoliyati bilan ham tanishildi. 🗓 Joriy yilda tumanda umumiy sig‘imi 6,5 ming tonnani tashkil etuvchi 7 ta zamonaviy muzlatgichli omborxona tashkil etish rejalashtirilgan. 🔵 Ishchi guruh tuman agrologistika markazida viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan eksportga ko‘maklashuvchi markaz faoliyati bilan tanishdi. Markazda fitosanitar hujjatlarni rasmiylashtirish, mahsulotlarni eksportga tayyorlash va tadbirkorlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilda tadbirkorlar uchun 3 ta qo‘shimcha eksportga ko‘maklashuvchi markaz ishga tushirilgan. ➡️ Shu bilan birga, ishchi guruh eksportga tayyorlanayotgan gilos va o‘rik mahsulotlarini saralash, qadoqlash va tashqi bozor talablari asosida tayyorlash jarayonlari bilan ham tanishdilar. ➡️ Tashriflar davomida senatorlar, deputatlar, tadbirkorlar va mahalliy aholi vakillari ishtirokida ochiq muloqotlar o‘tkazilib, sohadagi muammolar, eksport hajmini yanada oshirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, fitosanitar xavfsizlikni mustahkamlash hamda tadbirkorlarga amaliy ko‘mak berish masalalari muhokama qilindi va ularga tegishli tavsiyalar berildi. Ishchi guruh o‘rganishlari davom etmoqda. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz
Imechapishwa siku 12 zilizopita
🇺🇿Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari M.Yunusov va I.Juraev hamda Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputatlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. 📍 Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Aholi tomonidan soliq masalalari, ichimlik suvi hisoblagich uskunalarini o‘rnatish hamda yer bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. ➡️ Mazkur murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida atroflicha muhokamalar olib borildi. Jumladan, Soliq bo‘limi, “Farg‘ona suv ta’minoti” bo‘limi hamda adliya organlari mas’ullari tomonidan ayrim masalalar joyida o‘rganilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi va murojaatlarning ijobiy hal etilishi ta’minlandi. 💬 Ta’kidlanganidek, bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni tizimli hal etish hamda davlat organlari va xalq o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 📌 Eng muhimi, har bir murojaat e’tibor markazida bo‘lib, aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning hayotdan roziligini ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz
Imechapishwa siku 13 zilizopita
🇺🇿Xalq deputatlari viloyat Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. ➡️ Yig'ilishni doimiy komissiya raisi o'rinbosari G.Xoliqova olib bordi. Unda “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi hamda hududlarda dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. 🔵 Yig‘ilish davomida dehqon xo‘jaliklariga ajratilgan yer maydonlaridan samarali va maqsadli foydalanish, aholi bandligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✔️ Shuningdek, mas’ul tashkilotlar rahbarlarining axborotlari eshitilib, sohada uchrayotgan muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi. 💬 Muhokamalar yakunida doimiy komissiya tomonidan tegishli mutasaddilarga qonun ijrosini kuchaytirish, dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash va sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab berildi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz
Imechapishwa siku 13 zilizopita
🇺🇿Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.D.Mehmonova tashabbusi bilan “Ilm-fan qizlar nigohida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🦅 Deputat tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh qizlarni ilm-fanga qiziqtirish, ularning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sohasidagi imkoniyatlar haqida tushuncha berish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirishdan iborat bo‘ldi. 💬 Davra suhbatida shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri N.Mo‘minova, shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Mirzayeva, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, faol qizlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 🔵 Tadbir davomida deputat D.D.Mehmonova tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa qizlarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va texnologiyalarni egallashi hamda ilm-fan sohasida o‘z o‘rnini topishi bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. 🔵 Shuningdek, uchrashuv davomida ilm-fan sohasida erishilayotgan yutuqlar, yoshlarning innovasion g‘oyalari va kelajakdagi maqsadlari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi. 😀 Ishtirokchilar deputat tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan bunday ma’rifiy uchrashuvlar yoshlar uchun katta motivatsiya manbai bo‘layotganini ta’kidlab, tadbir tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdilar. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz
Imechapishwa siku 14 zilizopita
🇺🇿Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi deputati M.Dexqonov tomonidan Yangiobod mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi. 📈 Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan hududdagi yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, elektr taʼminotidagi uzilishlar, ichimlik suvi taʼminoti, bandlik hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Fuqarolarning har bir murojaati deputat tomonidan atroflicha tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar koʻrish belgilandi. ➡️Shuningdek, murojaatlar yuzasidan masʼul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan masalalar boʻyicha deputat soʻrovlari yuborilishi maʼlum qilindi. ✔️ Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini oʻrganish hamda amaliy yordam koʻrsatish bu kabi qabullarning asosiy maqsadi hisoblanadi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz