TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi avatar

TGINSIGHT POST

Post #10909

@farkengash

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi

Mionekano178Idadi ya mionekano
Imechapishwa8 Mei08/05/2026, 06:39
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🚨Yo‘l harakati xavfsizligi — dolzarb masala 🇺🇿 Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov boshchiligida Farg‘ona shahrida transport vositalarining harakatlanish tezligi me’yorlarini belgilash tartibi yuzasidan soha mutaxassislari ishtirokida muhokama o‘tkazildi. 💬 Muhokama davomida shahar hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, piyodalar xavfsizligini kuchaytirish hamda aholi gavjum hududlarda transport vositalari tezligini tartibga solish masalalari ko'rib chiqilindi. ✔️ Shuningdek, ta’lim muassasalari va ijtimoiy obyektlar yaqinida xavfsizlik choralarini kuchaytirish, zamonaviy yo‘l belgilarini o‘rnatish hamda yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha mutaxassislarning taklif va tavsiyalari tinglandi. 📌 Muhokama yakunida mas’ul tashkilotlarga harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tegishli vazifalar belgilab berildi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube