TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi avatar

TGINSIGHT POST

Post #10916

@farkengash

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi

Mionekano195Idadi ya mionekano
Imechapishwa8 Mei08/05/2026, 13:00
Maudhui ya chapisho

Maudhui

📊 Deputatlar tomonidan dasturlar ijrosi o‘rganildi 🇺🇿 Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov, viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.To‘xtamirzayev hamda Dang‘ara tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Ergashevlar tomonidan Dang‘ara tumanidagi 2-DMTTda olib borilayotgan qurilish ishlari o'rganildi 📍 Dang‘ara tumani Uvaysiy MFY, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan 2-DMTT hududida 150 o‘rinli yangi bino barpo etilmoqda. Mazkur obyekt bo‘yicha o‘tkazilgan tender yakunlariga ko‘ra “FARG‘ONA OROM” MCHJ g‘olib deb topilib, pudratchi tashkilot hamda Farg‘ona viloyati “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati” DM o‘rtasida qiymati 5 milliard 376 million so‘mlik pudrat shartnomasi imzolangan. 🗓 Hozirgi kunda qurilish maydonida kotlavan qazish va beton quyish ishlari yakunlanib, g‘isht terish ishlari olib borilmoqda. 🏠 Yangi bino foydalanishga topshirilgach, hududdagi maktabgacha ta’lim tizimida qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qiladi. Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz |✅Telegram |✅Facebook | 📹YouTube