Maudhui
🔵Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining “Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Turizm to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining hududlarda ijro etilishi masalasi muhokama qilindi. 🔵 Yig‘ilish davomida viloyatda turizm sohasini rivojlantirish, mavjud turizm obyektlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ichki va tashqi turizm oqimini oshirish, sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi. ➡️ Shuningdek, hududlarning turistik salohiyatidan samarali foydalanish, xizmatlar sifatini oshirish, infratuzilmani yaxshilash hamda sohada uchrayotgan ayrim muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va tavsiyalar bildirildi. 💬 Muhokamalar yakunida qonun ijrosini ta’minlash hamda turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz