TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi avatar

TGINSIGHT POST

Post #11012

@farkengash

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi

Mionekano346Idadi ya mionekano
Imechapishwa19 Mei19/05/2026, 06:23
Maudhui ya chapisho

Maudhui

📍 So‘x tumanida yangi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati o‘rganildi 🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Nigoraxon Mannopova tomonidan So‘x tumanida yangi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda qurilish jarayonlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. ➡️ Mazkur o‘rganishlar Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2025-yil 22-apreldagi 16-sonli bayoni hamda sohaga oid qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. 🔵 O‘rganish davomida yangi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini boshlash, o‘quvchilar qabuli bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, ta’lim sifati uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda qurilish ishlarining borishi atroflicha ko‘zdan kechirildi. ✔️ Shuningdek, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, maktab faoliyatini samarali tashkil etish hamda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va takliflar berildi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz