TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi avatar

TGINSIGHT POST

Post #11015

@farkengash

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi

Mionekano175Idadi ya mionekano
Imechapishwa19 Mei19/05/2026, 10:08
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🔵 Katta Qaynar MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi 🇺🇿 Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida viloyat Kengashi deputati N.To‘xtaboyev saylov okrugi hududidagi Katta Qaynar mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston tuman Kengashi deputati N.Kamoldinova tomonidan mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan (24 ta muhim masala bo'yicha) o‘rganish ishlari olib borildi. 🔵 O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash tizimi, murojaatlar ijrosi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda hududdagi mavjud muammolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. 🔵 Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham ko‘zdan kechirildi. ✅ O‘rganish yakunida hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla tizimida ish samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan ishlashda manzilli yondashuvni kuchaytirish hamda fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz