Maudhui
🇺🇿Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi deputati M.Dexqonov tomonidan Yangiobod mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi. 📈 Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan hududdagi yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, elektr taʼminotidagi uzilishlar, ichimlik suvi taʼminoti, bandlik hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Fuqarolarning har bir murojaati deputat tomonidan atroflicha tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar koʻrish belgilandi. ➡️Shuningdek, murojaatlar yuzasidan masʼul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan masalalar boʻyicha deputat soʻrovlari yuborilishi maʼlum qilindi. ✔️ Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini oʻrganish hamda amaliy yordam koʻrsatish bu kabi qabullarning asosiy maqsadi hisoblanadi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz