TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi avatar

TGINSIGHT POST

Post #11033

@farkengash

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi

Mionekano190Idadi ya mionekano
Imechapishwa22 Mei22/05/2026, 06:10
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🇺🇿Xalq deputatlari viloyat Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. ➡️ Yig'ilishni doimiy komissiya raisi o'rinbosari G.Xoliqova olib bordi. Unda “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi hamda hududlarda dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. 🔵 Yig‘ilish davomida dehqon xo‘jaliklariga ajratilgan yer maydonlaridan samarali va maqsadli foydalanish, aholi bandligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✔️ Shuningdek, mas’ul tashkilotlar rahbarlarining axborotlari eshitilib, sohada uchrayotgan muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi. 💬 Muhokamalar yakunida doimiy komissiya tomonidan tegishli mutasaddilarga qonun ijrosini kuchaytirish, dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash va sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab berildi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz