TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi avatar

TGINSIGHT POST

Post #11036

@farkengash

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi

Mionekano174Idadi ya mionekano
Imechapishwa22 Mei22/05/2026, 12:47
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🇺🇿Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari M.Yunusov va I.Juraev hamda Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputatlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. 📍 Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Aholi tomonidan soliq masalalari, ichimlik suvi hisoblagich uskunalarini o‘rnatish hamda yer bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. ➡️ Mazkur murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida atroflicha muhokamalar olib borildi. Jumladan, Soliq bo‘limi, “Farg‘ona suv ta’minoti” bo‘limi hamda adliya organlari mas’ullari tomonidan ayrim masalalar joyida o‘rganilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi va murojaatlarning ijobiy hal etilishi ta’minlandi. 💬 Ta’kidlanganidek, bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni tizimli hal etish hamda davlat organlari va xalq o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 📌 Eng muhimi, har bir murojaat e’tibor markazida bo‘lib, aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning hayotdan roziligini ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz