Maudhui
🇺🇿 Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sayyora Abdikarimova boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatida bo‘lib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda. ➡️ Tashrif doirasida ishchi guruh dastlab Quvasoy shahridagi “Valik” mahallasi hududida joylashgan “Quvasoy Nodirjon” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Xo‘jalik 2016-yilda tashkil etilgan bo‘lib, umumiy maydoni 40,3 gektardan iborat. Shundan 39,2 gektarida intensiv bog‘ barpo qilinib, tomchilatib sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Xo‘jalikda gilos, o‘rik, shaftoli va olxo‘ri kabi mevali daraxtlar parvarishlanmoqda. 📊 Tashkil etilgan intensiv bog‘larda eksportbop gilos navlari yetishtirilib, zamonaviy agrotexnologiyalar asosida yuqori hosildorlikka erishilmoqda. ➡️ Yetishtirilayotgan mahsulotlar ichki bozor ehtiyojini ta’minlaydi. Shu bilan birga ular tashqi bozorlarga ham eksport qilinmoqda. Bu esa hududning eksport salohiyatini mustahkamlash, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 🔵 Shuningdek, ishchi guruh viloyatdagi biolaboratoriyalar faoliyati bilan ham tanishdi. Bundan tashqari, Oltiariq tumanining eksport jarayonlari va sohada yaratilgan infratuzilmalar faoliyati bilan ham tanishildi. 🗓 Joriy yilda tumanda umumiy sig‘imi 6,5 ming tonnani tashkil etuvchi 7 ta zamonaviy muzlatgichli omborxona tashkil etish rejalashtirilgan. 🔵 Ishchi guruh tuman agrologistika markazida viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan eksportga ko‘maklashuvchi markaz faoliyati bilan tanishdi. Markazda fitosanitar hujjatlarni rasmiylashtirish, mahsulotlarni eksportga tayyorlash va tadbirkorlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilda tadbirkorlar uchun 3 ta qo‘shimcha eksportga ko‘maklashuvchi markaz ishga tushirilgan. ➡️ Shu bilan birga, ishchi guruh eksportga tayyorlanayotgan gilos va o‘rik mahsulotlarini saralash, qadoqlash va tashqi bozor talablari asosida tayyorlash jarayonlari bilan ham tanishdilar. ➡️ Tashriflar davomida senatorlar, deputatlar, tadbirkorlar va mahalliy aholi vakillari ishtirokida ochiq muloqotlar o‘tkazilib, sohadagi muammolar, eksport hajmini yanada oshirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, fitosanitar xavfsizlikni mustahkamlash hamda tadbirkorlarga amaliy ko‘mak berish masalalari muhokama qilindi va ularga tegishli tavsiyalar berildi. Ishchi guruh o‘rganishlari davom etmoqda. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz