TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi avatar

TGINSIGHT POST

Post #11052

@farkengash

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi

Mionekano159Idadi ya mionekano
Imechapishwa23 Mei23/05/2026, 04:38
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🇺🇿O'tgan hafta davomida viloyat Kengashi faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest 🗓 18-may kuni ✔️ Viloyati Kengashining “Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Turizm to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining hududlarda ijro etilishi masalasi muhokama qilindi. ✔️ viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida viloyat Kengashi deputati T.Abdurahmonov saylov okrugi hududidagi Pandigon MFYda Rishton tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Sobirov tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi. 🗓19-may kuni ✔️ Viloyati Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Nigoraxon Mannopova tomonidan So‘x tumanida yangi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda qurilish jarayonlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. ✔️ Viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida viloyat Kengashi deputati N.To‘xtaboyev saylov okrugi hududidagi Katta Qaynar mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston tuman Kengashi deputati N.Kamoldinova tomonidan mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan (24 ta muhim masala bo'yicha) o‘rganish ishlari olib borildi. 🗓 20-may kuni ✔️ Viloyat Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🗓 21-may kuni ✔️ Viloyat Kengashi deputati M.Dexqonov tomonidan Yangiobod mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi. ✔️ Viloyat Kengashi deputati D.D.Mehmonova tashabbusi bilan “Ilm-fan qizlar nigohida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🗓 22-may kuni ✔️ viloyat Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. ✔️ Viloyat Kengashi deputatlari M.Yunusov va I.Juraev hamda Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputatlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. ✔️ Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sayyora Abdikarimova boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz