TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi avatar

TGINSIGHT POST

Post #11069

@farkengash

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi

Mionekano112Idadi ya mionekano
Imechapishwa25 Mei25/05/2026, 11:13
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🔵 Viloyat Kengashining doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi 🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha” doimiy komissiyasi yigʻilishida bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. ➡️ Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan viloyat mahalliy byudjetining 2025-yildagi ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan tashqi audit va baholash natijalari koʻrib chiqildi. ➡️ Shuningdek, viloyatda ichki bozorlarni asosiy turdagi oziq-ovqat hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan tizimli va kafolatli taʼminlash, narx-navoning barqarorligini saqlash, inflyatsiya darajasini nazorat qilish boʻyicha ishlab chiqilgan yoʻl xaritasi yuzasidan viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyat mudirining axboroti tinglandi. 💬 Muhokamalar davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar bildirilib, tegishli vazifalar belgilab olindi. 🏛 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz