Maudhui
#Tanlov 💎“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ♻️Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Fargona viloyatida ham “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” nomli respublika ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi. ✅Tanlovda viloyatdagi barcha shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 19 ta jamoa ishtirok etib, ekologiya sohasiga oid qonunchilik, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik madaniyat yo‘nalishlarida o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi. ✔️Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, ishtirokchilar ekologik huquqiy bilimlari, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari va tezkor fikrlashi bilan ajralib turdilar. 🟢Jarayonlardan fotolavhalar. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.