Maudhui
#Tanlov 💎“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi ♻️Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan mazkur tanlovning viloyat bosqichi Fargona shahar Drama va milliy teatrida tashkil etildi. ♻️Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 19 ta jamoa ishtirok etib, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilik bo‘yicha o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini namoyon etdi. ✔️Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra 1-o‘rin O‘zbekiston tumani 49-umumta’lim maktabining “Yashil makon asoschilari” jamoasiga, 2-o‘rin –Yozyovon tumani 5-umumta’lim maktabining “Nihol” jamoasiga va 3-o‘rin Toshloq tumani 33-umumta’lim maktabining “Yashil akademiya” jamoasiga nasib etdi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.