TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1807

@gsbe_uz

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

Mionekano2,430Idadi ya mionekano
Imechapishwa21 Nov21/11/2024, 10:37
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🔥 Fidoyi ustozlar taqdirlandi! 🇺🇿 Barcha rivojlangan mamlakatlar, jumladan AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Singapurda nodavlat ta’lim muassasalarining o‘rni beqiyos. Ta’lim tizimiga baho beruvchi, dunyo tan olgan oliy o‘quv muassasalarining jahon reytinglarida ham nodavlat ta’lim muassasalari eng yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. 🚫 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 sentyabrdagi “Nodavlat ta‘lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3276-son Qaroriga asosan Finlandiya davlati tajribasi asosida faoliyat yuritayotgan Respublika “Diagnostik test sinov” nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan 2024 yil 24 iyul kuni “Ta’lim fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. 📎 Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida faoliyat yuritayotgan tajribali, professional, yuqori malakaga ega bo‘lgan professor o‘qituvchilari “Ta’lim fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. #GraduateSchool#Meeting#Teacher#Great 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube