TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi avatar

TGINSIGHT CHAT

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

@gsbe_uz

Elimu

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: 🗣@gsbeuz Chat-BOX 💠@gsbeuz_bot 🌐www.gsbe.uz 🔵fb.com/gsbe.uz 🔴http://instagram.com/gsbe.uz 📞 +998 71 239 03 03

Wanachama4,990Wanachama wa sasa
Machapisho1,005Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni20,310Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 1 kati ya 84 · machapisho 1,005

Imechapishwa 17 Apr

🇺🇿Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi innovatsion tadbirkorlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda 🇺🇿🇯🇵 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vakillari Yaponiyaning tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO)Toshkentdagi vakolatxonasiBosh direktori Yuta Ichinose va tashkilot vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdilar. Uchrashuvda innovatsion tadbirkorlik sohasida ikki tomonlama hamkorlikning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, hududlarda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, yashil va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan startap-loyihalarni amalga oshirish masalalariga ko‘rib chiqildi. Uchrashuv davomida, Oliy biznes maktabi tinglovchilarning boshqaruv va innovatsiyalar sohasida xalqaro tajriba orttirishlariga imkon yaratish maqsadida Yaponiyaning yetakchi kompaniyalarini ta’lim jarayoniga ekspert-amaliyotchilar sifatida jalb etish muhokama qilindi. Yuta Ichinose Oliy maktab O‘zbekistonda boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha yetakchi muassasalardan biri ekanini hamda ta’limdan tashqar keng ko‘lamli faoliyatni amalga oshirayotganini ta’kidladi. Tashrif davomida JETRO vakillari Oliy biznes maktab vakillari bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirish uchun maydon sifatida muassasaning salohiyati va imkoniyatlari bilan tanishdilar. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#JETRO#Cooperation#Innovative#Entrepreneurship 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

1,160 views

Imechapishwa 17 Apr

⚡️Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar! 🤷‍♂️ Sizlarni zamonaviy va dolzarb yo‘nalish “Sun’iy intellekt – ertaga kech! mavzusidagi mahorat darsiga taklif etamiz. Mahorat darsi Mohirdev kompaniyasi asoschisi, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt texnologiyalari yo‘nalishida 20 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis, Oksford universiteti bitiruvchisi Dr. Anvar Narzullayev tomonidan olib boriladi. 🩶Mahorat darsida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi: ➡️ Sun’iy intellekt (AI) asoslari va uning biznesdagi o‘rni; ➡️ AI texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash yo‘llari; ➡️ Startaplar va kichik biznesda AI’dan foydalanish; ➡️ Zamonaviy kasblar va AI bilan ishlash ko‘nikmalari; ➡️ Kelajak texnologiyalari va rivojlanish tendensiyalari. Joylar soni cheklangan. 🗓Sana: 24-aprel, 2026-yil ⏱ Vaqti: 10:00–11:30 📍Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (5-qavat, 4-auditoriya) 📞Telefon: +998 93 445-15-89 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Masterclass#AI#Mohirdev 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

1,290 views

Imechapishwa 16 Apr

🇺🇿🇨🇿Chexiyada “Strategic Leadership and Corporate Governance” mavzusida qisqa muddatli kurslar bo‘lib o‘tmoqda 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari Chexiya Respublikasi, Praga shahridagi PIMT institutida malaka oshirish va xalqaro tajriba almashish maqsadida qisqa muddatli o‘quv dasturida faol ishtirok etmoqdalar. Ushbu dastur doirasida ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda: - xalqaro biznes muhitida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish - xorijiy ekspertlar va amaliyotchilar bilan tajriba almashish - strategik boshqaruv va korporativ boshqaruvning zamonaviy yondashuvlarini o‘rganish - Yevropaning markazi Praga shahrida professional va madaniy dunyoqarashni kengaytirish Dastur davomida tinglovchilar amaliy tashriflarda ham qatnashib, real biznes jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqdalar. Bu esa ularga nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ilg‘or Yevropa tajribasini bevosita o‘rganish imkonini bermoqda. 🇩🇪Shuningdek, tinglovchilar uchun Germaniyaga ham maxsus biznes ekskursiya tashkil etildi. Ushbu tashrif tinglovchilarga Yevropa iqtisodiy makonining yana bir muhim davlati misolida biznes muhiti, infratuzilma va korporativ madaniyat bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Bunday amaliy va xalqaro tashriflar tinglovchilarga Yevropa standartlari asosida ishlab chiqarish, boshqaruv va korporativ madaniyatni chuqurroq anglash imkonini beradi. Ushbu xalqaro dastur nafaqat bilim va ko‘nikmalarni oshirish, balki yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, global fikrlashni rivojlantirish uchun ham muhim platforma hisoblanadi. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#CzechRepublic#Prague#PIMT#Training 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

1,610 views

Imechapishwa 16 Apr

😀Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar! ☝️Sizlarni dolzarb va amaliy ahamiyatga ega “Kichik va o‘rta biznes subyektlarini xalqaro bozorlarga chiqishga tayyorlash” mavzusidagi mahorat darsiga taklif etamiz. 🌍 Mahorat darsi xalqaro darajadagi ekspert, chakana savdo va tijoratni rivojlantirish sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis, AQShning “37 Oaks” Consulting kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Terrand L. Smith tomonidan olib boriladi. 📌Mahorat darsida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi: ☑️ Kichik va o‘rta biznesni xalqaro bozorlarga olib chiqish strategiyalari; ☑️ AQShning onlayn va chakana savdo (retail) bozorlariga kirish yo‘llari; ☑️ Mahsulotni eksportga tayyorlash va bozorga moslashtirish; ☑️ Mijozlar bilan samarali ishlash va distribyutsiya tizimlari; ☑️ Elektron tijoratni rivojlantirishning zamonaviy usullari. Joylar soni cheklangan. Mahorat darsi ingliz tilida olib boriladi va o‘zbek tiliga tarjima qilinadi. 🗓Sana: 23-aprel, 2026-yil ⏱Vaqti: 10:30 📌Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, (5-qavat, 4-auditoriya) 📞Telefon: +998 71 239-03-09 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Masterclass#Entrepreneurship#Internationalмarket 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

1,230 views

Imechapishwa 15 Apr

Hududlarda kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash borasidagi hamkorlik kengaymoqda 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati vakillari oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishda ikki tashkilotning hududiy filiallari hamkorligini kengaytirish masalalariga qaratildi. Onlayn uchrashuvda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning Davlat dasturlari va nomoliyaviy xizmatlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi O.Sagdiyev hamda Jamiyatning hududiy filiallari rahbarlari ishtirok etdilar. 🫠Batafsil 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Partnership#Entrepreneurship#Development 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

1,630 views

Imechapishwa 15 Apr

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining xaridlar va ta’minot zanjirini boshqarish dasturi PAS xalqaro akkreditatsiyasini oldi 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi xaridlar va ta’minot zanjirini boshqarish bo‘yicha ta’lim dasturi uchun Xalqaro xaridlar va ta’minotni boshqarish institutlari federatsiyasi (IFPSM) tomonidan PAS (Procurement Accreditation Standard) xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganini e’lon qiladi. Ushbu akkreditatsiya ta’lim dasturi sifatining muhim xalqaro e’tirofi bo‘lib, uning xaridlar va ta’minot zanjirini boshqarish sohasida mutaxassislarni tayyorlashning global standartlariga muvofiqligini tasdiqlaydi. Dastur o‘quv kurslari mazmuni, o‘quv natijalari, bilimlarni baholash usullari va dasturning xalqaro kasbiy talablarga muvofiqligini qat’iy tahlil qilishni nazarda tutuvchi PAS baholash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tdi. 📝Batafsil 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#IFPSM#PAS#Accreditation 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

1,500 views

Imechapishwa 14 Apr

🇺🇿Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi mustaqil izlanuvchilikka (DSc, PhD) uchun qabul e’loni ✍️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2026-yil 3-choragi uchun ✔️08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”; ✔️08.00.15 – “Kichik biznes va tadbirkorlik iqtisodiyoti”; ✔️08.00.13 – “Menejment”; ✔️08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosliklari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) qabul e’lon qiladi. Mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) hujjatlar 2026-yil 15-apreldan 15-maygacha bo‘lgan muddatda Innovatsion rivojlanish agentligi Yagona elektron tizimi (http://daraja.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi. 📞Bog‘lanish uchun telefon: +998 (71) 239-03-25 🌐Veb-sayt:https://gsbe.uz 🌀Batafsil ________ 🇺🇿Объявление о приёме в докторантуру (DSc, PhD) высшей школы бизнеса и предпринимательства ✍️ В соответствии с требованиями Положения «О послевузовском образовании», утвержденным Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 22 мая 2017 года № 304 «О мерах по дальнейшему совершенствованию системы послевузовского образования», Высшая школа бизнеса и предпринимательства объявляет приём на самостоятельное соискательство (PhD, DSc) на 3-й квартал 2026 год по специальности ✔️08.00.16 – «Цифровая экономика и международная цифровая интеграция»; ✔️08.00.15 – «Экономика малого бизнеса и предпринимательства» ✔️08.00.13 – «Менежмент»; ✔️08.00.07 – «Финансы, денежное обращение и кредит» Документы принимаются приемной комиссией в период с 15 апреля по 15 мая 2026 г., через Единую электронную систему Aгенства инновационного развития (http:// daraja.ilmiy.uz). 📞Телефоны для справки: +998 (71) 239-03-25 🌐Веб-сайт:https://gsbe.uz 🌀Подробнее #GraduateSchool#DoctoralDegree#PhD#DSc 🔝Web-site |🔝Facebook |🔝Instagram | 🔝Youtube

1,970 views

Imechapishwa 13 Apr

🌍Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ⚡️ Hurmatli olimlar, professor-o'qituvchilar, doktorantlar, ekspertlar va mustaqil izlanuvchilar! 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi sizlarni 2026-yil 18-may kuni bo‘lib o‘tadigan “Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va boshqarishda barqaror o‘sishga erishish yo‘llari: tadbirkorlik, innovatsiyalar, kichik va o‘rta biznes istiqbollari” mavusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etadi. 👉Batafsil ________ 🌍Международная научно-практическая конференция ⚡️ Уважаемые учёные, профессора, преподаватели, докторанты, эксперты и независимые исследователи! 🇺🇿 Высшая школа бизнеса и предпринимательства приглашает вас на Международную научно-практическую конференцию «Пути достижения устойчивого роста в формировании и управлении инновационной экономикой: предпринимательство, инновации, перспективы малого и среднего бизнеса», которая состоится 18 мая 2026 года. 👉Подробнее ________ 🌍International scientific-practical conference ⚡️ Dear scholars, faculty members, experts and researchers! 🇺🇿 The Graduate School of Business and Entrepreneurship invites you to the International Scientific-Practical Conference on “Pathways to Shaping and Governing the Innovation-Driven Economy for Sustainable Growth: Entrepreneurship, Innovation and SMEs”, to be held on May 18, 2026. 👉More #GSBE#GraduateSchool#International#Scientificpractical#Conference 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,100 views

Imechapishwa 11 Apr

🎤Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar! 🛒 Sizlarni “Yangi bozor takliflarini ishlab chiqish“ mavzusida navbatdagi mahorat-darsi uchrashuviga taklif etamiz. Dasturimiz mehmon maruzachisi ALYANS AUTO kompaniyasining marketing, savdo va servis bo‘yicha Bosh direktor o‘rinbosari - Kadirov Sarvar Sabirovich. ✍️ Mahorat darsida ishtirokchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar: ✔️g‘oyadan boshlab bozorda sotuvgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘rganish; ✔️target auditoriyani aniqlash, ehtiyojlarni to‘g‘ri baholash; ✔️bozorda qanday o‘rin egallash va qiymat taklifini shakllantirish; ✔️strategiyalar va asosiy instrumentlardan foydalanish; ✔️mahsulot rivojini samarali tashkil qilish; ✔️amaliy tavsiyalar chiqarish va muammolarni hal qilish. 📆Sana: 13-aprel, 2026-yil ⏰Vaqti: 10:30 📱Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi. (3-qavat, 7-auditoriya) 📞Telefon: +998 91 163-51-15 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Masterclass#New#Market#Offer 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

1,840 views

Imechapishwa 10 Apr

Samarqandda WORLD EDU 2026 xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda SOF EXPO SAMARKAND majmuasida WORLD EDU 2026 xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. Unda dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ta’lim tashkilotlari va mutaxassislari ishtirok etmoqda. Tadbirda boshqaruv, tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasida zamonaviy ta’lim dasturlarini taqdim etuvchi Oliy biznes va tadbirkorlik maktabi vakillari ham ishtirok etmoqda. Oliy maktab vakillari bo‘lajak tinglovchilar uchun maslahat uchrashuvlari o‘tkazib, o‘zlarining amaliy tajribalari va bitiruvchilarning karyera imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar. 👉Batafsil 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Education#Exhibition#WorldEdu2026 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,100 views

Imechapishwa 9 Apr

📢Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar! 🛡 Sizlarni dolzarb va zamonaviy “Cybersecurity and Ethics (Kiberxavfsizlik va etika)” mavzusidagi mahorat darsiga taklif etamiz. Mahorat darsi xalqaro darajadagi ekspert, kiberxavfsizlik sohasida 25 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis, University of North GeorgiaProfessoriMurthy V. Rallapalli, Ph.D, CISSP (Certified Information Systems Security Professional) tomonidan olib boriladi. ❗Mahorat darsida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi: ✔️ Zamonaviy kiberxavfsizlik tahdidlari va ularning oldini olish strategiyalari; ✔️ Raqamli muhitda axloqiy me’yorlar va mas’uliyat; ✔️ Sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar bilan ishlashda etik muammolar; ✔️ Global tajriba va xalqaro standartlar asosida kiberxavfsizlikni rivojlantirish. Joylar soni cheklangan. Tadbir ingliz tilida olib boriladi 🗓Sana: 22-aprel, 2026-yil ⏱Vaqti: 15:30 📌Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (5-qavat, 4-auditoriya) 📞Telefon: +998 71 239-03-03 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Study#Cybersecurity#Ethics 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

1,990 views

Imechapishwa 9 Apr

9-aprel 2026 yil – buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavallud topgan kunining 690 yilligi. _________ 9 апреля 2026 года - 690-летие со дня рождения великого государственного деятеля и полководца Амира Темура. _________ April 9, 2026 is the 690th anniversary of the birth of the great statesman and commander Amir Temur. #GSBE#GraduateSchool#Amir#Timur1336 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

1,890 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
IliyotanguliaUk. 1 kati ya 84Inayofuata