TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #2829

@gsbe_uz

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

Mionekano2,440Idadi ya mionekano
Imechapishwa2 Des02/12/2025, 05:22
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🇺🇿🇷🇺Qozon federal universiteti vakillari bilan uchrashuv 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Qozon Federal universiteti vakillari o‘rtasida online uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktor o‘rinbosari M. Adilov, Qozon Federal universiteti Iqtisodiyot, boshqaruv va moliya instituti (IUEF) direktori A. Axmetshina hamda Xalqaro faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari R. Galiakhmetov ishtirok etdilar. Muzokaralar chog‘ida tomonlar hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari, xususan, qo‘shma ikki diplom ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari joriy ta’lim tashabbuslari va yo‘nalishlari haqida ma’lumot almashib, akademik mobillikni kengaytirish hamda qo‘shma tadbirlarni tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida tomonlar muloqotning konstruktiv ruhda o‘tganini qayd etib, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#KFU#DualDegree 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube