Maudhui
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar! Sizlarni “FINTECH VA KIBERXAVFSIZLIK: O‘zbekistonda fintech rivojlanishi va kiberxavfsizlikning ahamiyati” mavzusidagi seminar-treningga taklif etamiz. Bizning mehmon ma’ruzachimiz — Avliyakulov Nodir. Seminar-treningda ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar: - Fintech ekotizimining O‘zbekistonda rivojlanish tendensiyalari bilan tanishish; - Raqamli to‘lov tizimlarida xavfsizlik standartlari, real tahdidlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish; - Kiberxavfsizlik sohasidagi amaliy misollar, hujum modellari va himoya strategiyalarini ko‘rib chiqish; - Fintech platformalarida integratsiya jarayonlari va xavfsizlik protokollarini to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha tavsiyalar olish; - O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotida xavfsiz va innovatsion moliyaviy yechimlarni joriy etish bo‘yicha ekspert maslahatlarini tinglash. Avliyakulov Nodir — WHITE HAT LLC ijrochi direktori, IT va kiberxavfsizlik bo‘yicha tajribali mutaxassis. Fintech integratsiyalari, to‘lov tizimlari xavfsizligi va AML/Compliance bo‘yicha amaliy tajribaga ega. Sana: 5-dekabr, 2025-yil Vaqt: 14:00 Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi. Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy. (5-qavat, 7-auditoriya) Telefon: +998 71 239 03 16 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Fintech#CyberSecurity 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube