TGINSIGHT CHAT
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
Habari na vyombo vya habari🇺🇿Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat
Machapisho ya hivi karibuni
Uk. 2 kati ya 85 · machapisho 1,017
Imechapishwa 11 Apr
Uchuvchi Eron tog‘larida: «Trampni qutqarish» amaliyoti haqida Amerikalik uchuvchini Eron tog‘laridan qutqarish operatsiyasi tillarda doston bo‘ldi. Axir bunaqasini kinolarda ham ko‘rish qiyin. Amerika F-15 pilotini qutqarish uchun juda katta kuch va pul sarfladi. Uchuvchi asir tushsa, urushning «oyog‘i osmondan bo‘lib ketardi». Bu amalda «Trampni qutqarish» amaliyotiga aylanib ketdi. 📹BATAFSIL YOUTUBE'DA KO‘RING
Imechapishwa 11 Apr
“Uchastkavoy”larga topshiriq: “daydi topmasang, qarindoshingni yoki o‘zingni daydi qilib yop!” Toshkent shahri Olmazor tumani IIB amaldori Abror Xudoyberdiyev profilaktika inspektorlariga ko‘chadan "daydi" topib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish bo‘yicha…
Imechapishwa 11 Apr
Kosmosdan tarixiy kuzatuv: sunami paydo bo‘lishi ilk bor muhrlandi Ilk bor sunamining qanday paydo bo‘lishi kosmosdan kuzatildi. SWOT sun’iy yo‘ldoshi Kamchatkadagi kuchli zilziladan so‘ng to‘lqinlar shakllanishini qayd etib, sunamining “tug‘ilish nuqtasi”ni aniqlash imkonini berdi. 👉https://kun.uz/37568744 Kun.uz rasmiy kanali
Imechapishwa 11 Apr
Telegram Rossiyada deyarli to‘liq bloklandi Rossiyada Telegram blokirovkasi deyarli to‘liq darajaga yetdi: 10 aprel kuni messenjerga kirishda anomaliyalar 95 foizni tashkil qildi. Tahlilchilarga ko‘ra, Telegram hozir WhatsApp va Signal’dan ham kuchliroq cheklanmoqda. 👉https://kun.uz/86133570 Kun.uz rasmiy kanali
Imechapishwa 11 Apr
Xorijda ilmiy daraja olganlar uchun yangi tartib joriy etildi O‘zbekistonda xorijda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi tartibi joriy etildi. Endi talabgorlar hujjatlarini davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali topshirib, nostrifikatsiyadan o‘tkazishi mumkin. 👉https://kun.uz/44915302 Kun.uz rasmiy kanali
Imechapishwa 11 Apr
Reyting: 2026 yilda dunyodagi eng yirik harbiy-havo kuchlari 2026 yilda dunyodagi eng yirik harbiy-havo kuchlari reytingida AQSH mutlaq yetakchi bo‘lib qolmoqda — 13 mingdan ortiq uchish apparati bilan u boshqa davlatlardan katta farq bilan oldinda. Rossiya va Xitoy keyingi o‘rinlarda borayotgan bo‘lsa-da, qiruvchi aviatsiya bo‘yicha kuchlar muvozanati ancha yaqinlashgani kuzatilmoqda. 👉https://kun.uz/97192519 Kun.uz rasmiy kanali
Imechapishwa 11 Apr
Yangi o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul tartibi belgilandi 2026–2027 o‘quv yili uchun maktablarning 1-sinfiga qabul tartibi tasdiqlandi. Endi arizalar my.gov.uz va my.maktab.uz orqali qabul qilinib, davlat xizmati joriy etiladigan hududlar va maktablar soni ancha oshirildi. 👉https://kun.uz/22783204 Kun.uz rasmiy kanali
Imechapishwa 11 Apr
“Artemida-2” astronavtlari Yerga qaytdi NASA’ning “Artemida-2” missiyasini yakunlagan to‘rt nafar astronavt Oy atrofidagi parvozdan so‘ng Yerga muvaffaqiyatli qaytdi. “Orion” kemasi Kaliforniya sohillari yaqinidagi Tinch okeaniga qo‘ndi, missiya davomida esa insonning kosmosda Yerdan eng uzoqlashishi bo‘yicha yangi rekordi o‘rnatildi. 👉https://kun.uz/81094833 Kun.uz rasmiy kanali
Imechapishwa 11 Apr
7 mlrdlik zarar: Navoiyda oltin qazuvchilar ushlandi Navoiy viloyatida noqonuniy oltin qazib olish bilan bog‘liq ikki yirik holat fosh etildi. Tezkor tadbirlar davomida katta miqdordagi yarim tayyor oltin, rudalar, kimyoviy vositalar va maxsus texnikalar musodara qilinib, davlatga yetkazilgan zarar milliardlab so‘mga baholanmoqda. 👉https://kun.uz/70176371 Kun.uz rasmiy kanali
Imechapishwa 10 Apr
“Qo‘limiz tepkida, AQSH-Isroilga ishonmaymiz” – Eronning O‘zbekistondagi elchisi Urushda 14 kunlik sulh eʼlon qilinarkan, har bir tomon o‘zini “g‘olib” deb eʼlon qildi. OAV bilan gaplashgan Eronning O‘zbekistondagi elchisiga ko‘ra, AQSH ва Isroil o‘z maqsadlariga erisha olmadi. Ular Eronni bo‘lib tashlab, fuqarolar urushi alangasini yoqmoqchi edi, biroq biz sezilarli g‘alaba qozondik, deydi diplomat Ali Iskandariy. 👉https://kun.uz/31618884 Kun.uz rasmiy kanali
Imechapishwa 10 Apr
Superligada hakamlik mojarosi. PFL hakamlar markazidan VAR yozuvini so‘radi «Qo‘qon-1912» – «Nasaf» o‘yinida yuzaga kelgan bahsli holatdan keyin o‘tkazilgan shoshilinch yig‘ilishda PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev VAR tizimi o‘yinlarda adolatli qaror chiqarishga ko‘maklashish o‘rniga, ayrimlarning manfaatlariga xizmat qilayotgandek taassurot uyg‘otayotganini qayd etdi. Liga futbol hakamlari markazi (O‘zFHM)dan VAR bilan bog‘liq audioyozuvlarni berishni talab qildi. 👉https://kun.uz/33836252 Kun.uz rasmiy kanali
Imechapishwa 10 Apr
AQSh elchixonasi JCh-2026 chiptasi egalari uchun viza suhbatiga yozilish tartibini e’lon qildi Suhbatga yozilish uchun FIFA saytidan xarid qilingan chiptaga ega bo‘lish va bir qancha oddiy shartlarni bajarish talab etiladi. Elchixonaning eslatishicha, chipta viza olishni kafolatlamaydi va barcha arizachilar xavfsizlik tekshiruvidan o‘tadi. 👉https://kun.uz/00641324 Kun.uz rasmiy kanali