TGINSIGHT CHAT
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
Habari na vyombo vya habari🇺🇿Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat
Machapisho ya hivi karibuni
Uk. 1 kati ya 85 · machapisho 1,017
Imechapishwa 11 Apr
Katta Og‘a kuzatib turadigan, fikrlash jinoyat sanalgan davlat haqida eshitganmisiz? / 5 daqiqa O‘sha binoning peshtoqiga uchta shior bitib qo‘yilgandi: Urush – tinchlikdir. Erk – qullikdir. Bilimsizlik – kuchdir. Va bu shiorni hayotga tatbiq qilish uchun noyob vazirliklar o‘ylab topilgandi. Masalan, Haqiqat vazirligi axborotni, ta’limni, san’atni nazorat qilardi – tarixni boshqatdan yozardi. Yoki urush qilishni yaxshi ko‘radigan Tinchlik vazirligi, sevishga ruxsat bermaydigan Muhabbat vazirligi bor edi. Yuqorida keltirilgan fikrlar Jorj Oruellning “1984” romanidan olindi. 5 daqiqa'ning navbatdagi sonida ushbu asar haqida gaplashamiz. 👉https://kun.uz/60477562 Kun.uz rasmiy kanali
Imechapishwa 11 Apr
«Sindorov-Karlsen bahsini jon deb ko‘rgan bo‘lardim» — Garri Kasparov Shaxmat bo‘yicha 13-jahon chempioni Garri Kasparov o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorovning Nomzodlar turniridagi muvaffaqiyatli yurishiga izoh berdi. «Deyarli tajribaga ega bo‘lmagan turnirning eng yosh qatnashchisi barcha tajribali raqiblarini yengishi ajoyib. Men Sindorov-Karlsen bahsini jon deb tomosha qilgan bo‘lardim. Bu men uchun haqiqiy match bo‘lgan bo‘lar edi», dedi Kasparov. Nomzodlar turnirida 8 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turgan Javohir ayni vaqtda qora donalar bilan Fabiano Karuanaga qarshi o‘ynamoqda. 👉https://kun.uz/09963837 Kun.uz rasmiy kanali
Imechapishwa 11 Apr
To‘qayevga tarixiy hujjatlarning nusxalari hadya qilindi Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari avvaliga Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Rasmiy uchrashuvdan keyin mehmon Buxoro viloyati hokimligining situatsion markazi bilan tanishdi. Tashrif davomida To‘qayevga Turkistondagi Xo‘ja Ahmad Yassaviy va Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegim maqbaralariga aloqador qimmatli arxiv materiallarining nusxalarihadya qilindi. Davlat rahbarlari sun’iy intellekt bo‘yicha umummilliy hakatonda ham bo‘lishdi. Kun.uz rasmiy kanali
Imechapishwa 11 Apr
Xorijdagi o‘zbekistonliklar elchixona qabuliga onlayn yozilishi mumkin bo‘ldi Xorijdagi O‘zbekiston vatandoshlari uchun MyGov portali orqali elchixona qabuliga yozilish imkoniyati yaratildi. Portalda “Elchixona (konsullik) qabuliga yozilish” xizmati ishga tushirilgan. Xizmat bepul. 👉https://kun.uz/27603118 Kun.uz rasmiy kanali
Imechapishwa 11 Apr
Toshkentda havo sifatini yaxshilash: issiqxonalar Surxondaryoga ko‘chiriladi Havo sifatini yaxshilash maqsadida Toshkent shahridagi va Toshkent viloyatining beshta tumanidagi issiqxonalarni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasiga ko‘chirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Issiqxonalarga ko‘chish xarajatlari qoplab beriladi, kreditlarini qaytarish muddatlari esa uzaytiriladi. Ixtiyoriy ravishda ko‘chishga rozi bo‘lmagan issiqxonalar gazdan uziladi; ko‘mir, mazut yoki boshqa narsalarni yoqqan taqdirda jarima 20 barobarga, suv solig‘i 5 barobarga oshiriladi. Kun.uz rasmiy kanali
Imechapishwa 11 Apr
Isroil yana “Hizbulloh” bilan urushyapti. Maqsad nima? AQSH–Eron sulhining ro‘yobga chiqishiga Isroilning Livanga hujumlari to‘g‘anoq bo‘lmoqda. Bunga javoban Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yana chekladi. Oq uy sulh shartlari “Hizbulloh”ga ham taalluqli ekanini rad etyapti. Xo‘sh, Isroil bu safar Livanda nimaga erishmoqchi? Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilchilar Shavkat Ikromov va Kamoliddin Rabbimov shu haqda so‘z yuritadi. 📹VIDЕONI TOMOSHA QILING
Imechapishwa 11 Apr
So‘x tumanini Farg‘ona bilan bog‘laydigan eng qisqa yo‘nalishda yangi trassa quriladi Prezident huzurida So‘x tumanini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunovning aytishicha, eksklavni Farg‘ona viloyati bilan bog‘lash uchun eng qisqa masofali yangi trassa qurish reja qilinmoqda. “Hozir loyiha tashkilotlari bilan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazib, yaqin vaqt ichida aniq yechimlar asosida ishlarni boshlaymiz”, dedi u. 👉https://kun.uz/12729887 Kun.uz rasmiy kanali
Imechapishwa 11 Apr
O‘zbekiston havo sifatini yaxshilash uchun Qozog‘iston bilan hamkorlik qiladi Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxorodagi uchrashuvda ko‘plab masalalarni muhokama qildi: ➖chegaradagi to‘siqlarni bartaraf etish, transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha birgalikda choralar ko‘rish; ➖“Qambarota” GES qurilishini jadallashtirish va “yashil” energiya eksportini yo‘lga qo‘yish; ➖mintaqaviy ekologik loyihalarni ilgari surish, chegaradosh hududlarda “Toza havo”loyihalarini amalga oshirish shular jumlasidan. 👉https://kun.uz/82908932 Kun.uz rasmiy kanali
Imechapishwa 11 Apr
Fuqarolardan varrak uchirishda cheklovlarga rioya qilish so‘raldi Iliq ob-havo sharoitida varrak uchirish holatlari ko‘paymoqda. Uzbekistan Airports fuqarolarni aeroportlar yaqinida bunday mashg‘ulotlardan tiyilishga chaqirib, bu parvozlar xavfsizligiga jiddiy tahdid solishini ma’lum qildi. 👉https://kun.uz/47959149 Kun.uz rasmiy kanali
Imechapishwa 11 Apr
Qayta ochilgan «Al-Aqso» masjidi va Yerga qaytgan astronavtlar – kun dayjesti O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan quyidagi voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz: • Pokistonda AQSH–Eron muzokaralari boshlanmoqda: vitse-prezident Vens boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi yo‘lda, Gʻolibof va Abbos Aroqchi esa allaqachon Islomobodga kelgan; • Artemis II astronavtlari 10 kunlik sayohatdan keyin Yerga qaytdi; • Isroil Erondagi urush ortidan yopgan “Al-Aqso“ masjidini qayta ochdi; • Vengriyada saylovlar: so‘rovnomalar bosh vazir Viktor Orban zarariga ishlamoqda. 👉https://kun.uz/21063553 Kun.uz rasmiy kanali
Imechapishwa 11 Apr
UZCARD MOMENT — to‘lovlar uchun tezkor va qulay yechim “Kartani to‘ldiring va darhol foydalaning - NBU bilan naqdsiz xarajatlar yanada qulay” - Jenisbek Piyazov, O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti. 2026-yil 1-apreldan bir qator to‘lovlar va yirik xaridlar naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Shuning uchun bank kartasi kundalik hisob-kitoblar uchun zarur vositaga aylandi. Hamkorlar nuqtasida bepul UZCARD MOMENT kartasini qo‘lga kiritib, uni Milliy ilovasida bir necha daqiqada faollashtirishingiz mumkin - tez, qulay, bankka tashrif buyurmasdan. Aloqa markazi: 📞 1344 ☎️ (78) 148-00-10 Instagram | Facebook | YouTube Reklama
Imechapishwa 11 Apr
Qozog‘iston prezidenti Buxoroga keldi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Buxoro xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Bugun ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilish, sanoat korxonalari bilan tanishish va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan. Kun.uz rasmiy kanali