TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Maudhui ya chapisho
Maudhui
«Sindorov-Karlsen bahsini jon deb ko‘rgan bo‘lardim» — Garri Kasparov Shaxmat bo‘yicha 13-jahon chempioni Garri Kasparov o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorovning Nomzodlar turniridagi muvaffaqiyatli yurishiga izoh berdi. «Deyarli tajribaga ega bo‘lmagan turnirning eng yosh qatnashchisi barcha tajribali raqiblarini yengishi ajoyib. Men Sindorov-Karlsen bahsini jon deb tomosha qilgan bo‘lardim. Bu men uchun haqiqiy match bo‘lgan bo‘lar edi», dedi Kasparov. Nomzodlar turnirida 8 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turgan Javohir ayni vaqtda qora donalar bilan Fabiano Karuanaga qarshi o‘ynamoqda. 👉https://kun.uz/09963837 Kun.uz rasmiy kanali