TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT CHAT

MIGRATSIYA QASHQADARYO

@qashmigration

Sheria

Migratsiya agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy filiali. ☎️: (55) 403 12 82, (71) 202-33-55 (907) 🏠: Qarshi shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 70a uy (Mo‘ljal: Oydin Bozor ro‘parasi, FVV viloyat boshqarmasi yonida)

Wanachama1.0万Wanachama wa sasa
Machapisho1,022Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni143,660Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 81 kati ya 86 · machapisho 1,022

Imechapishwa 10 Jan

🇬🇧Bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da Angliyaga mavsumiy ishlarga ro‘yxatdan o‘tish ochiladi. Videoda ushbu jarayonda nimalarga e’tibor qilish kerakligi ko‘rsatilgan. 📝Kanalga obuna boʻlish 🐶@qashmigration

26,300 views

Imechapishwa 9 Jan

#Eslatma Xorijda ishlash istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga! Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali xorijiy davlatlarda ishlash istagida boʻlgan fuqarolar tanlovlarda ishtirok etish uchun “Xorijda ish” dasturiy majmuasidan roʻyxatdan oʻtishi talab etiladi. Buning uchun nomzod Yagona identifikatsiya tizimi - ONE ID dan roʻyxatdan oʻtgan boʻlish kerak. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

8,500 views

Hashtags

Imechapishwa 9 Jan

Хорижда ишга жойлаштириш ваколатига эга бўлмаган ташкилотлар билан шартнома тузманг! Ўзбекистон Республикаси фуқароларини хорижда ишга жойлаштиришга кўмаклашиш қонун билан тартибга солинган хизмат тури бўлиб, ушбу хизмат билан Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги ҳамда лицензия асосида фаолият юритувчи Хусусий бандлик агентликларигина (ХБА) шуғулланишга ҳақли. Ҳурматли фуқаролар! ❗️ Хорижда ишга жойлаштириш ваколатига эга бўлмаган ташкилотлар ёки шахсларга ишонмасликка, турли кўринишдаги шартномаларни тузмасликка ва тўловларни амалга оширмасликка чақирамиз. 🤝 Хорижда иш таклиф қилаётган ташкилотларнинг лицензияси борлигига ишонч ҳосил қилинг. Шартнома тузаётганда унинг шартларини тўлиқ тушуниб имзо қўйинг. Бугунги кунда Ўзбекистонда лицензияга эга 17 та ХБА мавжуд (03.01.2025 ҳолатига) Дарвоқе, Агентликнинг ҳудудий филиаллари томонидан фуқароларга "ишчи виза"га оид ҳужжатларини расмийлаштириш бўйича бепул консалтинг хизматлари кўрсатила бошланди. Миграция бўйича янгиликларни агентликнинг телеграм каналидан кузатиб боришингиз мумкин. ➡️Лицензига эга ХБА рўйхати @uzmigration

8,060 views

Imechapishwa 8 Jan

⚡️🇬🇧Onlayntestdaqanday savollarbo‘ladi? ℹ️ Hurmatli kuzatuvchilar, sizlardan kelayotgan savollarni inobatga olgan holda, 2024-yilda o‘tkazilgan onlayn test jarayoni haqida ma'lumot beramiz. Bu yilgi test qanday o‘tkazilishi haqida hali rasmiy ma'lumot berilmagan. Shunday bo‘lsa-da, o‘tgan yilgi jarayonni bilib olish uchun foydali ma'lumotlarni taqdim etamiz. 🌐 O‘tgan yilgi test platformasi: Test HOPS operatori tomonidan AutoProctor sayti orqali o‘tkazilgan edi. Siz ham shu saytda testning sinov versiyasini o‘tab, tayyorlanishingiz mumkin. ▪️AutoProctor Testga: 👉havola👈 ⚠️ Muhim eslatma: Ushbu post faqat ma'lumot olish uchun tayyorlangan, videoda o'tgan yilgi test jarayoni ko‘rsatilgan. Test jarayoni va qoidalari bo‘yicha rasmiy ma'lumotlar Migratsiya Agentligi kanalida e'lon qilinadi.

14,000 views

Imechapishwa 8 Jan

Live stream finished (53 minutes)

views

Imechapishwa 8 Jan

Live stream started

views

Imechapishwa 8 Jan

Live stream scheduled for Jan 8, 2025 at 07:00

views

Imechapishwa 7 Jan

🇬🇧 Buyuk Britaniyaga ishga ketish uchun nima qilish kerak? Ertaga, 8-yanvar soat 12:00 daBuyuk Britaniyaga ishga ketish uchun ro'yxatdan o'tish tartibi, ish beruvchi talabi va boshqa imkoniyatlar yuzasidan onlayn muloqot tashkil etiladi. Muloqotni jonli kuzatish: 👉Тelegram 📝Kanalga obuna boʻlish 🐶@qashmigration

15,800 views

Imechapishwa 7 Jan

❗️Англиядаги мавсумий ишларга рўйхатдан ўтишда фирибгарлар тузоғига тушиб қолманг! ⚠️Улар сиз учун ҳеч нарса қилиб бермайди! ⚠️Кимгадир паспорт маълумотингиз ва пул бераётган бўлсангиз алданаяпсиз! One ID ҳамда xorijdaish.uz платформасидан рўйхатдан ўтиш ушбу видеода кўрсатиб берилган. Олдин айтганимиздек, Англиянинг рекрутинг компаниялари мавсумий ишларга жалб қилишда Ўзбекистон ҳудудида фақатгина Миграция агентлиги билан икки томонлама тузилган Битим асосида фаолият олиб боради. Бу ҳуқуқ ҳеч қандай Хусусий бандлик агентлиги (ХБА) ёки консалтинг фирмаларга берилмаган! 📝Kanalga obuna boʻlish 🐶@qashmigration

11,300 views

Imechapishwa 4 Jan

❗️Migratsiya agentligi Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantiradi! So‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Yaqin haftalar davomida magistral yo‘llarga tuman tushib, kuchli qor yog‘ishi hamda muzlash holatlari kuzatilishi mumkin. Bu esa avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Shu munosabat bilan, qo‘shni davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, juda zarur bo‘lganda poyezd yoki samolyotga chiqishlaringizni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmay turishlaringizni so‘raymiz. 📝Kanalga obuna boʻlish 🐶@qashmigration

11,500 views

Imechapishwa 4 Jan

🇩🇪Talabamisiz? Oliygohlarning sirtqi bo‘lim talabalari uchun ajoyib imkoniyat! Migratsiya agentligi va Germaniyaning "Novo Agency" tashkiloti hamkorligida 2025-yilning mart-iyun oylarida "Feriyenjob – work and travel" dasturi bo‘yicha Germaniyaga 3 oylik mavsumiy ishlarga ro‘yxatdan o‘tish ochilganini ma’lum qilamiz. ish o'rinlari 250 ta Sohalar: ▪️ishlab chiqarish; ▪️sanoat; ▪️omborxona logistikasi; ▪️qadoqlash; ▪️gastronomiya. Dasturda kimlar qatnasha oladi? ▪️sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar; ▪️18-35 yosh; ▪️2025-yilning mart-iyun oylari oralig‘ida 3 oy ketma-ket (kamida 90 kun) ta’til davriga ega talabalar; ▪️bitiruvchi kurs talabalari qatnasha olmaydi; ▪️sertfikat shart emas rus, ingliz yoki nemis tillarini muloqot darajasida bilishi lozim. Maosh: 1450€ dan - 1700€gacha (qo‘liga oladigani) haftasiga 35-40 soat ish. Xarajatlar: ▪️hujjatlar tayyorlanishi uchun 500 €(Novo Agency); ▪️viza 100 € ▪️aviachipta 400-450€ atrofida; ▪️turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari o‘z hisobidan. 👉Ro‘yxatdan o‘tish Murojaat uchun: +998 (88) 239-32-23 (Novo Agency) 📝Kanalga obuna boʻlish 🐶@qashmigration

21,000 views

Imechapishwa 1 Jan

🇬🇧Diqqat!!! Angliyaga mavsumiy ishlar Joriy yilning 28-dekabr sanasida ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali Angliyadagi mavsumiy ishlarga ro‘yxatdan o‘tish kunlari haqida xabar bergan edik. Bugun ushbu e’lonimizni o‘zbek va rus tillarida e’tiboringizga havola qilmoqdamiz. Hurmatli kuzatuvchilar, Migratsiya agentliging xorijda ish veb sahifasida 2025-yil 10-yanvar soat 15:00 dan 19:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) Buyuk Britaniyaning “HOPS” rekruting kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan mavsumiy qishloq ho‘jaligi ishlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish ochilishini ma’lum qilamiz. Tanlov qanday bosqichlardan iborat? 1. xorijda ish sahifasida onlayn ro‘yxatdan o‘tasiz; Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tish uchun: ▪️O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish pasporti; ▪️Gmail elektron pochta (ism-famiiyangiz chet elga chiqish pasportingizdagidek bo‘lishi kerak); ❗️E’tibor bering: onlayn ro‘yxatdan o‘tish keyingi tanlov bosqichlarida ishtirok etishni kafolatlamaydi. Tanlov qarorlari HOPS tomonidan qabul qilinadi. 2. Onlayn test sinovi “HOPS” operatori tomonidan 2025-yil 14-15-yanvar kunlari o‘tkaziladi. Test ma’lumotlari faqat ro‘yxatdan o‘tgan va tanlangan fuqarolarga elektron pochta orqali yuboriladi. Elektron pochtangizni diqqat bilan tekshirishingiz kerak. Agar siz onlayn test uchun havolani olmagan bo‘lsangiz, demak tanlanmagansiz! 3. “HOPS” operatori vakillari onlayn test orqali tanlangan nomzodlar bilan bog‘lanib, oflayn suhbat o‘tkazadi va kelajakda amalga oshriladigan rejalar bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar beradi. Ariza beruvchilar uchun mezonlar: ▪️18 yoshdan kichik bo‘lmaslik; ▪️ rus tilini yaxshi bilish; ▪️qoniqarli darajadagi jismoniy va psixologik holat. Mehnat sharoitlari: ▪️ish haqi soatiga 11,44£; ▪️ish beruvchi haftasiga kamida 32 soat ish berishni kafolatlaydi; ▪️viza to‘lovi 298 funt sterlingni tashkil qiladi; ▪️aviachipta narxi joriy tarif va xarid vaqtiga bog‘liq. ⚠️ Eslab qoling! Tanlov to‘liq “HOPS" operatori tomonidan bepul amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bu jarayonda ishtirok etmaydi. Migratsiya agentligi tanlangan fuqarolarning Buyuk Britaniyaga jo‘nab ketishini keyinchalik tashkil etish bilan shug‘illanadi. Angliyaga pul evaziga mavsumiy ishga yuborishni taklif qilayotgan tijorat kompaniyalari yoki uchinchi shaxslarning qurboni bo‘lmang! Ro‘yxatdan o‘tishda uchinchi shaxslarga pul to‘lamang. Siz pulingizni yo‘qotasiz! 🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali

27,200 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••7980818283•••8586