TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT CHAT

MIGRATSIYA QASHQADARYO

@qashmigration

Sheria

Migratsiya agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy filiali. ☎️: (55) 403 12 82, (71) 202-33-55 (907) 🏠: Qarshi shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 70a uy (Mo‘ljal: Oydin Bozor ro‘parasi, FVV viloyat boshqarmasi yonida)

Wanachama1.0万Wanachama wa sasa
Machapisho1,022Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni73,720Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 25 kati ya 86 · machapisho 1,022

Imechapishwa 30 Des

🌊🚢 DENGIZDAGI ISH IMKONIYATINI QO‘LDAN CHIQARMANG! Hurmatli yurtdoshlar! Sizlar uchun yangi va nufuzli ish imkoniyati ochildi! 🌍 Dunyo bo‘yicha eng yirik dengiz boshqaruv kompaniyalaridan biri — "V.Ships Global Recruitment" kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini kruiz kemalariga qabul qilishni boshladi. 📌 Ishga qabul qilish uchun umumiy shartlar va afzalliklar: 🔹 Yosh chegarasi: 18–45 yosh; 🔹 Ingliz tilini B1+ darajasida bilish; 🔹 Yevropa davlatlari tillarini biladiganlarga ustunlik berilishi mumkin. 📝 Ishga joylashish uchun 5 ta qadam: 1. https://vgrouplimited.com/contact-us/ saytiga o‘ting. 2. Barcha shartlar va ko‘rsatmalarni diqqat bilan o'qib chiqing. Ma’qul keladigan vakansiyaga o'zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni to‘liq va aniq kiritgan holda ariza qoldiring. 3. Nomzodingiz ma'qul kelsa, kompaniyaning HR mutaxassislari aloqaga chiqadilar(odatda ariza tipshirilgandan so'ng, 1 oy ichida bog'lanishadi). 4. Suhbatdan muvafaqqiyatli o‘tgan nomzodlar ish beruvchi bilan intervyuga taklif qilinadilar. 5. Ish beruvchi tanlagan nomzodlar bilan Migratsiya agentligi uch tomonlama shartnoma tuzadi va Amerika ishchi vizasi rasmiylashtiriladi. Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

3,730 views

Imechapishwa 30 Des

#xavfsiz_yo'l 🆘HAYOTINGIZ XAVF OSTIDA 🆘 📌Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantiramiz. ❄️🚓 Ob-havoning keskin sovushi sabab yo‘llarda qor bo‘ronlari va muzlama holatlari kuchaygan. Natijada yo‘l-transport hodisalari soni oshgan. 🚨 Ayniqsa, litsenziyasiz va nosoz transport vositalari ishtirokidagi avariyalar og‘ir oqibatlarga olib kelmoqda. ⚠️ DIQQAT: ❌ Noqonuniy taksi va avtobuslardan foydalanmang ⛔️ Texnik holati nosoz transportga chiqmang ✅ Imkon bo‘lsa, poyezd yoki samolyotni tanlang ⭕️ Faqat rasmiy, litsenziyaga ega tashuvchilar xizmatidan foydalaning 🚧 Yo‘lga chiqishdan oldin ob-havo va yo‘l holatini tekshiring 📌 Ko’ngilsiz holatlar yuz berganda – O’zbekiston Respublikasining Qozog’istondagi elchixonasi👇 ☎️ +7 172 95-42-52 Migratsiya agentligining vakolatxonasi👇 ☎️ +7 771 730-44-00 📢 Xabarni tarqating! 👉 So‘nggi yangiliklar uchun: @uzmigration

3,610 views

Hashtags

Imechapishwa 29 Des

E-9 ВИЗАСИ — ЯНГИРАҚАМЛАР Жанубий Корея ҳукумати 2026 йилда хорижий, малакасиз ишчилар учун мўлжалланган E-9 визалари квотасини 80 минг нафаргача туширишини эълон қилди. 📉 Бу кетма-кет иккинчи қисқартириш: ▪️ 2024 йил — 165 минг ▪️ 2025 йил — 130 минг ▪️ 2026 йил — 80 минг ⚙️ Ушбу қарор Employment Permit System (EPS) доирасида қабул қилинди. Тизим қишлоқ хўжалиги, қурилиш ва ишлаб чиқариш каби соҳаларда хорижий фуқароларга қонуний ишлаш имконини беради. 📊 Расмий маълумотларга кўра, квотанинг камайиши: — иқтисодий фаолликнинг секинлашуви — айрим соҳаларда иш ўринлари камайиши билан боғлиқ. ⚠️ Мутахассислар огоҳлантирмоқда: E-9 визалари сони камайиши хорижий иш изловчилар ўртасида рақобатни кучайтиради ва Кореяда ишлашни режалаштираётганлар учун жараённи янада мураккаблаштириши мумкин. 🏭 Шу билан бирга, айрим соҳаларда ишчи кучи танқислиги сақланиб қолиши мумкинлиги ҳам қайд этилмоқда. 📌 Эслатма: E-9 визалари бўйича квоталар ҳар йили меҳнат бозори эҳтиёжлари ва иқтисодий вазиятга қараб қайта кўриб чиқилади. Манбаа 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration

5,140 views

Imechapishwa 28 Des

Муротжон Азимов жорий йилда Қашқадарё вилоятида амалга ошган энг муҳим воқеаларни ёдга олди. https://t.me/qarshiliklar

5,210 views

Imechapishwa 26 Des

Qamashi tumanining Maydanak togʻlarida qorli qish ziynati Dengiz sathidan 2750 metr balandlikda joylashgan Maydanak maskanini turistik markazga aylantirish rejasi asosida umumiy 58,6 gektar maydonda turizm ob’yektlari barpo etilmoqda. Muxbir: Shavkat Aminov Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X

7,420 views

Imechapishwa 26 Des

“E’tibor bering, bundan to‘qqiz yil oldin iqtisodiyotimiz hajmini 100 milliard dollarga yetkazish biz uchun juda katta marra bo‘lib ko‘rinardi. Bu yil tariximizda birinchi marta yalpi ichki mahsulotimiz 145 milliard dollardan oshdi. Bunday yuksak natijalar xalqimizning, barchamizning qanday ulkan ishlarga qodir ekanimizni yaqqol namoyon etmoqda”, – dedi davlatimiz rahbari. Global savdo tizimida “o‘yin qoidalari” o‘zgarayotgan bir paytda joriy yil eksportimiz 23 foizga oshib, 33,4 milliard dollarga yetkazilishi ta’kidlandi. Eng muhimi, oltin-valyuta zaxiralarimiz ilk bor 60 milliard dollardan oshdi. Bu yil iqtisodiyotimizga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 milliard dollarga yetdi. Jami investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31,9 foizni tashkil etmoqda. Bu esa iqtisodiyotimiz kelgusi yillarda ham yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sib borishi uchun zamin bo‘ladi. Facebook|Instagram|X

6,450 views

Imechapishwa 26 Des

“Bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan va yaqin-yaqingacha hech kim tasavvur qila olmagan o‘zgarishlar, davlatlar o‘rtasida iqtisodiy qarama-qarshilik, xavfsizlikka tahdidlar ortib borayotgan tahlikali bir vaziyatda sizlar bilan o‘ta murakkab yilni yakunlayapmiz”, – dedi Prezidentimiz. Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, boshlangan demokratik islohotlar qat’iy davom ettirilgani, xalqimizning qo‘llab-quvvatlashi va yoshlarimizning g‘ayrat-shijoati, hamjihatlik asosi bo‘lgan mahallaning hayotimizdagi o‘rni va ta’siri kuchaytirilgani, odamlarning ongi va dunyoqarashi o‘zgarib, el-yurtimiz yanada jipslashgani, tadbirkor, dehqon va fermerlarning tashabbuskorligi va mardona mehnati, o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan do‘stona tashqi siyosat hisobiga 2025-yilda barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishildi. Avvalo, jahon miqyosida ishlab chiqarish va transport-logistika zanjirlari uzilgan, xomashyo va moliyaviy resurslar narxi oshgan sharoitda ham mamlakatimiz iqtisodiyoti ishonchli va barqaror o‘sishda davom etmoqda. Bu natijalar dunyo hamjamiyati va nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Facebook|Instagram|X

5,770 views

Imechapishwa 26 Des

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi boshlandi. “So‘nggi to‘qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik. Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik. Buning tasdig‘ini tobora yangicha qiyofa kasb etib borayotgan shahar va qishloqlarimizda, zamonaviy korxonalar, savdo-servis maskanlari, maktab, bog‘cha va shifoxonalar, obod ko‘cha va mahallalar, transport-logistika tizimi, raqamli xizmatlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin”, – dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida. Facebook|Instagram|X

5,170 views

Imechapishwa 24 Des

💔Қўрқманг. Ёрдам сўраш — заифлик эмас Агар сиз хорижда ишлаш даврингизда зўравонлик, мажбурий меҳнат, таҳқирланиш ёки оғир молиявий аҳволга дуч келган бўлсангиз — ёлғиз эмассиз. 🇺🇿 Сизнинг ҳаётингиз, шаънингиз ва ҳуқуқларингиз давлат ҳимоясида. 🏢 Миграция агентлигининг хорижий ваколатхоналари билан боғланинг. 📞 Қисқа рақам: 1282 💬 Telegram бот: @huquqiy_yordam_uzbot — 24/7 режимда осон ва тез. 🏛 Ўзбекистон Республикасининг дипломатик ваколатхоналари ва консуллик муассасалари маълумотлари бу ерда . 📢 Илтимос, видеони хорижда ишлаётган яқинларингизга юбориб қўйинг. Бир хабар — бир ҳаётни асраши мумкин. 👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration

5,210 views

Imechapishwa 24 Des

🇧🇬BOLGARIYADA ISHLAB, YUQORI DAROMAD TOPMOQCHIMISIZ? Ish o‘rnini taklif qilayotgan Xususiy bandlik agentligi: GLOBALHR Lisenziya raqami: № 661953, berilgan sana: 12.03.2025 Ish turi: Elektrik Ish beruvchi to‘g‘risida ma’lumot: 📍Ish joyi manzili: Bolgariya davlati, Sofiya shahri. 📄Mehnat shartnomasi davomiyligi: kamida 1 yil 💼 Ish o'rni: 50ta ⏰ Ish vaqti: haftada 5 kun, 8 soatdan; 💶Maosh:1000 YEVRO (qo‘lga tegishi), malakaga qarab oshib boradi; 🏠Turar joy: ish beruvchi tomonidan ta'minlanadi. 🍱Ovqatlanish: ish beruvchi tomonidan ta'minlanadi. 🤝Shoshiling, ish beruvchi bilan suhbat asosida tanlovlar 2026-yil yanvar oyidaonlayn tartibda bo'libo'tadi (sanasi bo'yicha ma'lumot olish uchun @globalhruzbot). Kimlar suhbatda qatnasha oladi? Qurilishda elektriklik sohasida ish tajribasiga ega, rus tilini muloqot darajasida biladigan 45 yoshgacha bo'lgan erkaklar. ✅Imtiyozlar: ishchi viza rasmiylashtiriladi, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta bilan ta’minlanadi. 🔗Ro'yxatdan o'tish Aloqalar: 📞 Tel: (+998) 958399999 📩@globalhruz 📍 Manzil: Toshkent sh. Hamid Olimjon 4b 🌐 Veb-sayt www.global-hr.uz 📢 Eslatma: Mehnat shartnomasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchi bilan tuziladi. Hech qanday holatda «GLOBALHR » kompaniyasi mehnat shartnomasi bo‘yicha ish beruvchi sifatida ishtirok etmaydi. Ishga joylashtirish mutlaqo ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. ❗️ Ma’lumotlarning to‘g‘ri va aniqligiga «GLOBALHR» Xususiy bandlik agentligi ma’muriyati shaxsan javobgar hisoblanadi. Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

4,910 views

Imechapishwa 24 Des

📣Рўйхатда келтирилган давлатларда вақтинча иш фаолиятини олиб бораётган ва қийин вазиятга тушиб қолган юртдошларимиз кўрсатилган рақамларга 24/7 режимида бепул қўнғироқ қилиб Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграцияси агентлиги мутахассислари билан боғланишлари мумкин. ☎️Боғланиш учун телефонлар: (71) 202-33-55, (55) 403-12-82 ёки 12-82 қисқа рақамига қўнғироқ қилинг. 📣 Telegram: @qashmigration 🌐 Xorijdaish.uz

14,700 views

Imechapishwa 24 Des

🇷🇺Россияда ишлаш истагида бўлган фуқаролар диққатига! ⚡️Миграция агентлиги Россияга ҳеч қандай тўловларсиз, тез фурсатдаишга юборади! 2️⃣4️⃣😘🔤🔤🔤🔤🔤🔤 куни соат 1️⃣1️⃣➖3️⃣0️⃣ да бўлиб ўтадиган Россия Федерацияси ООО "ПЭК" логистика компаниясига фуқароларни Москва, Воронеж, Смоленская ва Новосибирск шахарларидаги омборхона ишларига таклиф этилади. 😄Иш вақтлари: 😎 6 / 1( кунига 11 соат); 😄Ойлик иш ҳақи (💵): 😎 75 мингдан -100 минг рублгача; 😄Номзодларга қўйиладиган талаблар: 😎💁‍♂️20-55 ёш (эркак); 😄Иш берувчи ҳисобидан: 😎✈️ Авиа билет; 😎📝 Патент хужжатларини раймийлаштириш; 😎🛏 Ётоқ жой; 😎🍵 Овқатланиш (патентгача); 😎🦺 кийим (қишки ва ёзги); Танлов ўтказиладиган манзил: 🏠Қашқадарё вилояти, Қарши шаҳри, А.Навоий кўчаси, 70а-уй (Мўлжал: Ойдин бозор рўпараси) ва шаҳар, туман Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлимлари. 🌆геолокация ☎️Мурожаат учун: 55-403-12-82.

6,400 views
12•••5•••10•••15•••20•••2324252627•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8586